• Belgilar bo‘limi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/71
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,08 Mb.
    #127027
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
    Bog'liq
    Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

    Dastur sarlavhasi PROGRAM xizmatchi so‗z bilan boshlanadi, bu so‗zdan 
    keyin shu dasturga berilgan nom yoziladi (bu nom dastur ichida hech qanday 
    maqsadda ishlatilishi mumkin emas). Dastur nomidan keyin yumaloq qavs ichida 
    dastur parametrlari ro‗yxati beriladi. Bu parametrlar fayllar nomi bo‗lib, ular orqali 
    dastur tashqi muhit bilan bog‗lanadi. 
    Mavjud bo‗lgan ko‗p fayllar orasidan 2 ta standart matnli fayllar ajratilgan. 
    Bular dasturni boshlang‗ich ma'lumotlar va ma'lumotlarni qayta ishlash natijalari 
    bilan bog‗laydigan INPUT va OUTPUTlardir. 
    Dastur sarlavhasi yozilishini quyidagi misolda ko‗ramiz: 
    PROGRAM PASCAL (INPUT, OUTPUT); 
    Paskalning ko‗p versiyalarida INPUT va OUTPUT yozilmasligi ham mumkin.
    Dasturning asosiy vazifasi - bu kompyuterga ma'lumotlarni (berilganlarni) qayta 
    ishlash bo‗yicha buyruqlar berishdir.Bu buyruqlar operatorlar yordamida beriladi. 
    Shuning uchun ham operatorlar bo‗limi asosiy hisoblanadi va har qanday dasturda 
    ishtirok etishi shart. 
    Operatorlar bo‗limidan oldingi bo‗limlar ba'zi dasturlarda ishtirok etmasliklari 
    ham mumkin. Ular tavsiflash bo‗limlari deyiladi. Tavsiflashning bu bo‗limlarida 
    operatorlar bo‗limida ishlatilgan kattaliklar tavsiflanadi, ya'ni e'lon qilinadi. 
    Belgilar bo‘limi. Dasturning ixtiyoriy operatori oldiga belgi va ikki nuqta 
    qo‗yib qolgan operatorlardan ajratish mumkin. Operatorning belgisi bittadan ortiq 
    bo‗lishi mumkin emas. Operatorlarning belgilari bir xil bo‗lishi mumkin emas.
    Operatorning belgisiga uning nomi sifatida xaraladi.Dasturda ishlatilayotgan har 
    bir belgi avval belgilar bo‗limida tavsiflash yo‗li bilan e'lon qilinishi kerak: 


    84 
    Belgilar bo‗limi label (belgi) xizmatchi so‗z bilan ochiladi, undan keyin belgilar, 
    ya'ni ketma-ket vergul bilan ajratilgan konstanta shaklida yoziladi.Belgilar bo‗limida 
    e'lon qilinayotgan belgilar ixtiyoriy ketma-ketlikda yozilishi mumkin.
    Belgilar (0-9999) orasidagi sonlardan olinadi (Turbo Paskalda belgi sifatida 
    alfavitning boshqa elementlarini ham ishlatish mumkin). 
    Misol: label 24, 25, 26; 

    Download 1,08 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti

    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish