7.3. Paskal algoritmik tilining alifbosi
Paskal algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat:
1) 26 ta lotin harflari;
2) 0 dan 9 gacha arab raqamlari;
3) 32 ta kirill harflari;
4) maxsus belgilar - (+, -, *, /, :, ;, [.], [,], =, >, <)
Paskal tilida so‗z deb bir nechta belgilar ketma-ketligi tushuniladi.
Xizmatchi so‗z deb Paskal tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus
ma'noni anglatadi va uni ma'lumotlarga berib bo‗lmaydi.
Masalan, PROGRAM, BEGIN, END va h.k.
Paskal tilidagi ma'lumotlarning elementlari bo‗lib o‗zgaruvchilar, o‗zgarmaslar,
izohlar xizmat qiladi.
O‗zgaruvchilar deb hisoblash jarayonida o‗z qiymatini o‗zgartiradigan
kattaliklarga aytiladi. O‗zgaruvchilarning nomlari (identifikatorlar) harflardan yoki
harf va raqamlardan iborat buladi. Belgilar soni 8 tadan oshmasligi kerak.
O‗zgarmaslar (const) deb hisoblash jarayonida o‗z qiymatini o‗zgartirmaydigan
kattaliklarga aytiladi. Bularga ham o‗zgaruvchilar kabi nom beriladi.
Izohlar - dasturning ma'lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda
hech qanday amal bajarilmaydi, ya'ni dasturning biror blokini yaxshiroq tushunishga
xizmat qiladi.
Izoh (*,*) yoki {} simvollari orasida beriladi. Katta qavslar {*,*} va [*,*] lar
ham ishlatilishi mumkin.
22
https://texnoman.uz/post/pascal-dasturlash-tili-haqida.html Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi
bloggerlar portali
81
7.4. Paskal tilida ma'lumotlar turlari
Paskal tilida ma'lumotlarning toifalari ikki xil bo‗ladi: oddiy-skalyar va
murakkab. Skalyar toifa, o‗z navbatida, o‗zgaruvchi va standart toifalarga bo‗linadi.
O‗zgaruvchi toifaga qayd qilingan va chegaralangan toifalar kirsa, standart
toifaga butun - INTEGER, haqiqiy - REAL, mantiqiy - BOOLEAN, simvol - CHAR
toifalar kiradi. Bundan tashqari, Turbo Paskalda qator - STRING turi kiritilgan.
Murakkab toifalarga esa ma'lumotlarning muntazam (massiv), to‗plam, aralash
(yozuvlar), murojaat va faylli toifalari kiradi.
Ma'lumotlarning standart turlari.Standart turdagi ma'lumotlar dasturda maxsus
xizmatchi so‗zlar yordamida tavsiflanadi:
INTEGER - BUTUN toifadagi ma'lumotlar faqat butun sonlarni qabul qiladi.
Ular Paskal tilida quyidagicha ifodalanadi: -7, 10,89, -35, 0 va h.k.
REAL - haqiqiy toifadagi ma'lumotlar haqiqiy sonlarni qabul qiladi va ikki xil
ko‗rinishda bo‗ladi:
a) qo‗zg‗almas nuqtali haqiqiy sonlar (3.56, 0.88,-150.45);
b) qo‗zg‗aluvchan nuqtali haqiqiy sonlar (0.546=546E-03, 96.78*100=96.78E02
va h.k.
CHAR - BELGI (simvol) toifadagi ma'lumotlar qiymat sifatida kodlar
jadvalidagi belgilarning bittasini qabul qiladi. Bu ma'lumotlar apostrof ('belgisi)
ichiga olib yoziladi. Masalan 'F', 'A', 'R', '5', '8' va h.k.)
BOOLEAN - MANTIQIY toifadagi ma'lumotlar. Bu nom ingliz matematigi Jorj
Bul sharafiga shunday deb ataladi va shu turdagi o‗zgaruvchilar faqat ikkita qiymat
qabul qiladi, TRUE -ROST yoki FALSE –YOLG‗ON.
Bu ma'lumotlar ustida mantiqiy ko‗paytirish AND, mantiqiy qo‗shish OR va
mantiqiy inkor qilish NOT amallarini bajarish mumkin.
7.1-jadvalda BOOLEAN turidagi A va B o‗zgaruvchilarda mantiqiy amallarning
bajarilishi natijasi keltirilgan.
|