78
Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to‗la hisobga oladi va
kompyuterning turiga deyarli bog‗liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi kompyuter tiliga
qaraganda
tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq.
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik,
iqtisodiy, matnli va sonli
axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yechish tillari malum.
Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo‗lib, FORmula TRANsla-
tor - formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy va muhandis - texnik
masalalarni hisoblashlarda qo‗llaniladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo‗lib, ALGORITMIC Langauge -algoritmik til
degan ma'noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda qo‗llaniladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo‗lib, Common Businees Oriented Langauge -
―savdo-sotiq masalalariga mo‗ljallangan til‖ degan ma'noni anglatadi.
Korxona va
tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish
bilan bog‗liq iqtisodiy masalalarni echish uchun qo‗llaniladi.
PASKAL tili 1971 yilda e`lon qilingan bo‗lib, fransuz olimi Blez Paskal nomiga
qo‗yilgan. Turli xildagi masalalar echimini olishda tartiblangan (strukturaviy)
dasturlar tuzishda qo‗llaniladi.
PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo‗lib, Programming Langauge/ 1 - 1-tartib
raqamli dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til universal tillar turkumiga kiradi.
Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar kompyuterni yangisi bilan almashtirilganda
qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas.
BEYSIK (BASIC - Beginner's All
Purpose
Sumbolic Instruction Code -
boshlovchilar uchun ko‗p maqsadli dasturlash tili) hisoblash
algoritmlarini yozish
uchun qo‗llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut kolleji xodimlari
Kemini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protseduraga mo‗ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari,
algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo‗lgan mutaxassislar foydalaniladilar.
Bunda ulardan kompyuterning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo‗ljallangan tillar kompyuterda
masala yechish usullari va
dasturlash usullari bilan tanish bo‗lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir.