Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchitarkibiy qismlar




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana17.01.2024
Hajmi2,43 Mb.
#139182
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchitarkibiy qismlar 
Tarkibiy qismlar 
 
Mazmuni 
 
Xodimlar salohiyati 
Ishchilar tarkibi, ishchilarning malaka darajasi, xodimlarni 
tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi 
Moliyaviy iqtisodiy 
salohiyat 
Moliyaviy barqarorlik, likvidlilik, foydalilik, korxona rentabelligi, 
bozordagi mavqeyi, innovatsiyalarning foydaliligi, asosiy kapital, 
ITTKIga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari 
Ishlab chiqarish texnologik 
salohiyati 
Ishlabchiqarishfondlariningholativatexnologikdarajasi, 
ishlabchiqarishningzamonaviyinnovatsionvaaxborottexnologiyalari, 
ilg‘oruskunalar, materiallar, laboratoriyavaofisjihozlari 
Ilmiy-texnik salohiyat 
ITTKIlarni o‘tkazish, ITTKIlar natijalarini tijoratlashtirish darajasi, 
yangi ilmtalab ishlanmalarni ishlab chiqish tajribasi, intellektual 
mulk obyektlari (ro‘yxatga olingan va joriy qilish bosqichigacha 
olib borilgan).
Tashkiliy boshqaruv 
salohiyati 
Tashkiliy 
tuzilma, 
innovatsion 
infratuzilma, 
innovatsion 
menejmentning samaradorligi, innovatsiyalarni boshqarishning 
marketing strategiyalari, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkil 
qilish, intellektual mulk bo‘yicha qonunchilik darajasi intellektual 
mulkni boshqarish 
Innovatsion faollik omillari 
Korxonaning mulk shakli o‘lchamlari, tarmoq mansubligi, korxona 
xodimlarining innovatsion faoliyatini amalga oshirishga tayyorligi 
va qobiliyati 
Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil 
etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko‘rinadiki, innovatsion salohiyat 
xodimlar, moliyaviyiqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiy-
texnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan 
tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari – 
bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, 
shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi. 
Innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi tashkiliy innovatsiyalar – bu 
biznesni yuritishda, ish o‘rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda 
yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va 
transaksion xarajatlarni qisqartirish, korxona tomonidan ishchilarning ish 


39 
o‘rinlari (ish vaqtlari) bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnat 
samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo‘lmagan aktivlarga yo‘l topish 
yoki yetkazib berish narxini kamaytirish yo‘li bilan korxona faoliyatining 
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni 
yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va Bomollar innovatsiyalarni 
turlarga ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi 
innovatsiyani model ko‘rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga 
ko‘ra, innovatsiyalarning mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati 
asosiy e’tibor markazi bo‘lgan. Romerning fikricha esa innovatsiyalarni 
turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan 
xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me’zon sifatida 
keltirilgan.
Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi 
tashkiliy usullarini ishlab chiqishni bildiradi va ular quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi:
- bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish; 
- xodimlarning 
saviyasini oshirishga va ko‘chib yurishini 
kamaytirishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- ishlab chiqarish va yetkazib berishni to‘liq boshqarish, jumladan 
yetkazib berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni
shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish. 
Innovatsion faoliyatda ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha 
innovatsiyalar – bu korxonaning alohida faoliyat turi doirasida yoki turli 
faoliyatlari (tarkibiy bo‘linmalari) o‘rtasida ishlarning bajarilishi bo‘yicha 
xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi 
usullarini yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya’ni 
faoliyatning turli yo‘nalishlarini integratsiyalashtirish bo‘yicha yangi 
konsepsiyalarini joriy etishdir. 
Korxona innovatsion salohiyatining tarkibiy qismlari innovatsion 
salohiyatni o‘rganish asosida biz innovatsion salohiyatni aniqlashda 
quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin: 


40 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirishga jalb qilinishi mumkin 
bo‘lgan resurslar majmui sifatida
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati sifatida; 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida; 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida. 
Fikrimizcha, quyidagi yondashuvlar o‘zaro ta’sir kuchiga ega, 
innovatsion faoliyatga, qobiliyatga ega bo‘lish bir qator imkoniyatlarning 
mavjudligi bo‘lsa, o‘z navbatida bu innovatsion salohiyatni amalga 
oshirishga imkoniyat va zarur bo‘lgan tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi 
muhim shartlardan biri hisoblanadi (2.1.3-jadval).
2.1.3-jadval 

Download 2,43 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchitarkibiy qismlar

Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish