O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana17.01.2024
Hajmi2,43 Mb.
#139182
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
 
 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Zamonaviy innovatsion marketingni strategik ko‘rinishlarini 
sharhlab bering? 
2. Yuqori 
texnologik 
tovarlarning 
innovatsion 
marketing 
xususiyatlari qanday tavsiflanadi? 
3. Yangi innovatsion tovarlarni ishlab chiqishda maqsadli bozor 
tahlili? 
 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
 
1. Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global 
advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University 
Press, 2012. 
2. Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
3. Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.:TDIU, 
2013 y. 
4. Innovation, intellectual property, and economic growth / Christine 
Greenhalgh and Mark Rogers.USA Princeton University Press, 2010 .46-b. 
 
 
 


172 
5.3. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi 
Innovatsion faoliyatning samaradorligi uni tashkil qilish shakllari va 
moliyaviy tomonidan qo‘llab-quvvatlash jarayonlariga ko‘proq bog‘liq 
bo‘ladi. Yaratilgan yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Bunda 
innovatsion faoliyatda loyihalarni moliyalashtirishning turli-tuman usullari 
va vositalarini amaliyotga tadbiq etish zarur. 
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion loyihalar faoliyati uchun 
moliyaviy resurslar davlat va xususiy sektorlar tomonidan yo‘naltiriladi. 
G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida innovatsion loyihalar 
uchun moliyaviy resurslarni davlat va xususiy kapital o‘rtasida teng 
taqsimlanishga harakat qilinadi. Bu esa o‘z navbatida fundamental 
tadqiqotlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi, patentlar 
va litsenziyalar hamda boshqalar bilan belgilanadi. Sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirilgan xarajatlar YAIMning 
3 foiz yaqinini tashkil qiladi. 
Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri korxona yuqori 
sifatga ega bo‘lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga 
ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat. 
“Innovatsion loyiha” tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi 
mumkin: 
– innovatsion maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar 
yig‘indisi sifatida; 
– innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida; 
– ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi 
sifatida. 
Ushbu uch jihatlar innovatsion loyihaning innovatsion faoliyatini 
tashkil qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi ahamiyatini 
ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, innovatsion loyiha – bu resurslar, muddatlar va 
ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bir-birini asoslaydigan hamda o‘zaro bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarida 


173 
muayyan maqsadlar (vazifalar)ga erishishga qaratilgan jarayonlarning 
murakkab tizimidir. 
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ularni moliyaviy 
asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy 
moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
innovatsion loyihalarni farqlash lozim: 
a) investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat obyektlari qurilishiga 
(energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‘yilmalar; 
b) ilmiy-texnik (innovatsion) – ilg‘or texnologiyalar, yangiliklar, 
mahsulotlar va xizmatlar. 
Ushbu ikki xil loyiha o‘rtasida muhim farqlar mavjud bo‘lib bular 
quyidagilar hisoblanadi: 
sanoat obyektlariga kapital qo‘yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy 
axborotlarni mavjudligi; 
innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga 
ega bo‘lib moliyaviy yo‘qotishlar sababli to‘xtatilib qo‘yilishi mumkin; 
ilmiy-texnik 
loyihalarda 
axborot 
investitsiyaviy 
loyihalarga 
qaraganda ko‘proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu 
esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo‘yicha fikrlarini 
korrelyasiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi; 
innovatsion loyihalar ko‘p mezonliligi va yuqori darajali 
mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo‘yicha 
ham farqlanadi. 
“Loyiha” tushunchasi bilan bir qatorda, “innovatsion dastur” degan 
tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o‘zaro chambarchas bog‘langan. 
Dastur - bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa (dasturni shakllantirish) 
– loyihalar hayot sikli bosqichlaridan biri bo‘lsa-da, ularning xususiyatlari 
anchagina farqlanadi, dastur qo‘shimcha qator yangi xususiyatlarni 
orttiradi. 
Iqtisodiyotda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mustaqil 
korxonalar, sanoat kompaniyalari, kichik sanoat zonalari, kichik 
innovatsion markazlar, innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari
xususiy shaxslar va boshqa moliyalashtirish subyektlari tomonidan amalga 


174 
oshirilishi mumkin. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni 
rivojlanishida 
bevosita 
ishtirok 
etadilar. 
Innovatsion 
loyihalarni 
moliyalashtirishning 
tashkil 
qilish 
tamoyillari 
moliyalashtirish 
manbalarining ko‘pligi, tizimning alohida elementlarining egiluvchanligi, 
innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‘sishni ta’minlashi lozim. 
Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarur bo‘lib, 
davlatning innovatsion, ilmiy-texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va 
tadbirkorlarni faol investitsion rivojlantirishga o‘tishga tayyorligi 
hisoblanadi. 
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi
markazlashtirilganlik 
darajasi, 
mulk 
egalarining 
darajasi 
va 
moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shakllar va manbalarning 
o‘zaro hamkorligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mulkchilik turlariga ko‘ra innovatsion loyihalarni moliyalashtirish 
manbalari quyidagilarga bo‘linadi (5.3.1-rasm): 
- davlat investitsion resurslari (byudjet mablag‘lari, byudjetdan 
tashqari fondlar, davlat tomonidan qarz olish, aksiyalar paketlari, davlat 
tasarrufidagi mulk); 
- tijorat va notijorat xarakteriga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar hamda jismoniy shakllarining investitsion moliyaviy resurslari. 

Download 2,43 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish