• 5.3.2-rasm: Innovatsion loyihalarni davlat darajasida moliyalashtirish manbalari.
  • -rasm: Mulkchilik turlariga ko‘ra innovatsion loyihalarni




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/58
    Sana17.01.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #139182
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
    Bog'liq
    Innovatsion iqtisodiyot
    8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
    5.3.1-rasm: Mulkchilik turlariga ko‘ra innovatsion loyihalarni 
    moliyalashtirish manbalari. 


    175 
    Bular qatoriga sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar va 
    kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari va 
    boshqa subyektlarni ham kiritish mumkin bo‘ladi. Korxonalarga tegishli 
    shaxsiy mablag‘lari, tijorat banklari va boshqa kredit korxonalari hamda 
    hukumat tomonidan maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit 
    resurslarini ham kiritish mumkin. 
    Innovatsion loyihalarni davlat darajasida moliyalashtirish manbalari 
    quyidagilarni kiritish mumkin. Davlatga tegishli byudjet va byudjetdan 
    tashqari fondlar, bank kreditlari va sug‘urta tizimlari bo‘yicha “jalb 
    qilingan” mablag‘lar, davlatning tashqi (xalqaro qarz olish) va ichki qarzi 
    (davlat obligatsiya va boshqa ziyomlari) ko‘rinishidagi qarz mablag‘larini 
    hisobidan amalga oshirish mumkin (5.3.2-rasm). 
    5.3.2-rasm: Innovatsion loyihalarni davlat darajasida
    moliyalashtirish manbalari. 
    Byudjetdan 
    mablag‘ 
    ajratilishi 
    innovatsion 
    loyihalarni 
    moliyalashtirish faoliyatning har xil shakllarining muhim moliyaviy 
    manbalari bo‘ladi.Bular hisobidan maqsadli innovatsion dasturlar, 
    davlatning ustuvor innovatsion loyihalari bajariladi.Innovatsion dastur 
    loyihalarning (multiloyiha va megaloyihalar) murakkab kombinatsiyasi 
    bo‘lib, boshqaruv obyekti sifatida alohida loyihadan yoki o‘zaro bir-biri 


    176 
    bilan juda zaif bog‘langan, korxona yoki uning ijrochilari tomonidan 
    bajariladigan loyihalardan juda kuchli farq qiladi. Dasturni faqat yirik 
    korxonalar birlashmasi, masalan, MSG (moliyaviy sanot guruhlari), yirik 
    koorporatsiyalar konsorsiumi, mintaqa yoki megapolis, federal organlar 
    amalga oshirishi mumkin. Innovatsion dasturlarni shakllantirish va amalga 
    oshirishga ko‘plab misollar mavjud. 
    Innovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga 
    oshiriladi: 
    1. Innovatsion loyihalarni dastlabki tanlash. 
    Bosqichning maqsadi – taqdim etilgan innovatsion loyihalarni 
    umumlashtirilgan tahlildan o‘tkazish va baholash. Ushbu bosqich quyidagi 
    bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
    innovatsiyalarni amalga oshirishning korxonaning asosiy muammolari 
    yechimini taklif eta oladigan asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 
    ajratib olingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertizalar olib borish uchun 
    loyihalarni taqsimlash; 
    ekspertizaning ishchi usulini ishlab chiqish; 
    ekspert guruhlar ishini tashkil qilish (marketing bo‘limi va boshqa 
    bo‘linmalardan mutaxassislarni jalb etgan holda); 
    hisob-kitoblar va ekspertizalar natijalari bo‘yicha loyihalarga dastlabki 
    baho berish; 
    istiqboli yo‘q loyihalarni chiqarib tashlash. 
    Mazkur bosqichda loyiha bitta eng muhim mezon (masalan, iqtisodiy 
    samaradorlik mezoni) bo‘yicha tanlanadi, bunda baholash parametri past 
    bo‘lgan loyihalarni chiqarib tashlashdan iborat oddiy qoidadan 
    foydalaniladi. 
    2. 
    Ustuvor 
    (boshlang‘ich) 
    yo‘nalishlar 
    bo‘yicha 
    portfelni 
    shakllantirish. 
    Bosqichning maqsadi – loyihalarni ustuvorliklar bo‘yicha puxta tahlil 
    qilish va taqsimlash. Bu yerda quyidagi bosqichlar ko‘zda tutiladi: 
    innovatsion loyihalarni bir nechta mezonlar (3-5 ta) bo‘yicha tahlil 
    qilish; 
    loyihalarning ustuvorlik darajasini aniqlash


    177 
    loyihalarni ustuvorlik darajalari bo‘yicha taqsimlash. 
    Barcha loyihalar tegishli shkala bo‘yicha, masalan, “past”, “o‘rtadan 
    past”, “o‘rtadan yuqori”, “yuqori” baho bilan baholanadi. 
    “O‘rtadan yuqori” yoki “yuqori” baho olmagan loyihalar dastlabki 
    tanlov bosqichidayoq chiqarib tashlanadi va rad etilgan deb hisoblanadi. 
    Qolgan loyihalar ustuvorlik darajasi (sinfi) bo‘yicha taqsimlanadi: 
    ustuvor loyihalar – bu umumiy samarasi (natijalarsarf-xarajatlar) 70 – 
    80 foizdan kam bo‘lmaydigan loyihalardir; 
    ustuvor loyihalarning birinchi 20-30 foizi o‘ta ustuvor loyihalar 
    hisoblanadi. 
    3. Moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsiyalar portfeli ichida 
    taqsimlash. 
    Bunda “xarajatlar-samaradorlik” sxemasiga asoslangan qaror qabul 
    qilish qoidasidan foydalaniladi. Birinchi navbatda, naqd pul mablag‘lari 
    iqtisodiy samaradorligi maksimal darajaga (ustuvorlik darajasiga) ega 
    bo‘lgan loyihaga ajratiladi. 
    Jahon amaliyotida “xarajatlar-samaradorlik”ni tahlil qilish barcha 
    moliyani taqsimlash mexanizmlari uchun majburiy jarayondir. Buni shu 
    bilan izohlash mumkinki, ushbu qoidani amaliy qo‘llash qanchalik oson 
    bo‘lmasin, u quyidagilarga erishish imkonini beradigan loyihalar portfelini 
    ta’minlaydi: 
    – berilgan cheklangan mablag‘lar doirasida maksimal mumkin 
    bo‘lgan samaradorlik
    – talab etilgan natija va samaradorlik darajasiga eng minimal sarf-
    xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
    Korxonada shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, innovatsion 
    loyihalarni amalga oshirishga innovatsion mablag‘larning yetarli emasligi 
    to‘sqinlik qiladi. 
    Bunday holda qo‘shimcha investorlarni hamda xususiy moliyaviy 
    mablag‘larni izlab topish yoki mavjud innovatsion loyihalar portfelini 
    o‘zgartirish zarur bo‘ladi. 


    178 
    Loyihalar portfelini aniqlashtirish – loyihalarning bir qismini o‘ziga 
    jalb qilishi ko‘proq loyihalar foydasiga hamda investitsion mablag‘larning 
    miqdoriga qarab moliyalashtirish hisoblanadi. 
    Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy 
    mexanizmi butun innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlashga 
    qaratilgan bo‘ladi. 
    Bir qator mualliflar tomonidan taklif qilinayotgan innovatsion 
    loyihalarni moliyalashtirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat byudjetidan, 
    moliyasanoat guruhlari, tijorat banklari, birlashmalar, korxonalar va 
    boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirokini faollashtirish talab etiladi. 
    Bu jarayonlarni amalga oshirishda davlat innovatsion siyosatining rolini 
    kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat innovatsion loyihalarni 
    moliyalashtirishning investitsion va ilmiy-texnik dasturlari davlat 
    tomonidan maqsadli moliyalashtirishning obyekti bo‘lishlari kerak.
    Innovatsion loyihalarni korxonalar darajasida moliyalashtirish 
    manbalari quyidagilarga bo‘linadi (5.3.3-rasm): 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm: Mulkchilik turlariga ko‘ra innovatsion loyihalarni

    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish