• 6.8. Schyot-faktura, shartnoma va uni rasmiylashtirish
  • kassa kirim orderi - Chakana savdo tushumining kirimi




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/77
    Sana05.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #151433
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
    Bog'liq
    buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

    kassa kirim orderi - Chakana savdo tushumining kirimi operatsiyasi orqali 
    rasmiylashtiriladi. Hujjatni Chakana sotuvlar to’g’risidagi hisobot hujjati asosida 
    ham shakllantirish mumkin. 
    Chakana savdo tushumi inkassatsiya qilinishi Kassa chiqim orderi – Pul 
    mablag’larini inkassatsiya qilish hujjati asosida amalga oshiriladi. 


    95 
    6.8. Schyot-faktura, shartnoma va uni rasmiylashtirish 
    Hisobvaraq-faktura qat’iy hisobot hujjati bo’lib, unda quyidagi ma’lumotlar 
    ko’rsatiladi: 
    1) 
    hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi; 
    2) 
    hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar jo’natish hujjatlarining yoki 
    shartnomaning raqami va sanasi; 
    3) 
    soliq to’lovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi, 
    joylashgan eri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami; 
    4) 
    realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan 
    xizmatlarning nomi va o’lchov birliklari (ularni ko’rsatishning imkoniyati bo’lsa) ; 
    5) 
    o’lchov birligidan (ularni ko’rsatishning imkoniyati bo’lsa) kelib chiqqan 
    holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, ko’rsatilgan 
    xizmatlarning hisobvaraq-faktura bo’yicha soni (hajmi) ; 
    6) 
    shartnoma (kontrakt) bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga 
    olmagan holda, qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga oladigan davlat tomonidan 
    tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qo’llanilgan taqdirda esa, soliq summasini 
    hisobga olgan holda o’lchov birligiga to’g’ri keladigan narx (tarif) ; 
    7) 
    realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan 
    xizmatlar jami sonining (hajmining) qo’shilgan qiymat solig’isiz qiymati; 
    8) 
    aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’ining stavkasi va 
    summasi; 
    9) 
    tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim 
    etilayotgan qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi va summasi; 
    9-1) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun 
    olinadigan soliq stavkasi va summasi; 
    10) 
    realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar 
    jami sonining (hajmining) aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i, 
    qo’shilgan qiymat solig’i hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz 
    ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan qiymati 
    Hisobvaraq-faktura qog’ozdagi shaklda yoki elektron hujjat tarzida tuzilishi 
    mumkin. 
    Qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan oborotni va qo’shilgan qiymat solig’idan 
    ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, shuningdek qo’shilgan 
    qiymat solig’i to’lovchisi bo’lmagan yuridik shaxslar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
    oluvchi shaxsga hisobvaraq-faktura taqdim etishlari shart, quyidagi hollar bundan 
    mustasno: 
    1) 
    yo’lovchilar tashishni yo’l chiptalari bilan rasmiylashtirish; 
    2) 
    tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda 
    sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, 
    kvitantsiya berish; 
    3) 
    tovarlarning eksport-import tarzida etkazib berilishini rasmiylashtirish; 
    4) 
    qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy 
    ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi bo’yicha mol-mulkni topshirish, ushbu 
    Kodeks 204moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’ini 
    to’lash majburiyatlari yuzaga keladigan hollar bundan mustasno. Bunda tegishli 


    hujjatlar (moliyaviy ijara shartnomasining tarkibiy qismi bo’lgan ijara (lizing) 
    to’lovlari jadvali; hisobvaraq; ijaraga (lizingga) oluvchiga ijara (lizing) to’lovlarini 
    to’lash uchun yuborilgan yozma bildirish va shu kabilar) bilan rasmiylashtirilgan har 
    bir ijara (lizing) to’loviga ham hisobvaraq-faktura yozilmaydi 
    5) 
    bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma berish 
    orqali rasmiylashtirish; 
    6) 
    sug’urta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sug’urta polisi orqali 
    rasmiylashtirish; 
    7) 
    ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo’lgan 
    taqdirda, ishlarni (xizmatlarni) haqiqatda mazkur ishlar bajarilganligini (xizmatlar 
    ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirish. 
    Qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa 
    xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo’lda tashishlar, transport-ekspeditorlik 
    xizmati, bank operatsiyalari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz 
    etkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to’lovchilar oyning oxirgi kunida bir marta 
    hisobvaraq-faktura yozadi. 
    Hisobvaraq-fakturada tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati va 
    qo’shilgan qiymat solig’i summasi milliy valyutada ko’rsatiladi. 
    Tuzilgan shartnomalarning shartlariga binoan tovarlariga, ishlari va xizmatlariga 
    narxlar 
    (tariflar) 
    chet 
    el 
    valyutasida 
    belgilanadigan 
    yuridik 
    shaxslar 
    hisobvaraqfakturalarni chet el valyutasida yozib, ayni bir vaqtda uni hisobvaraq-
    faktura yozib berilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
    belgilangan kurs bo’yicha qayda hisoblagan holda milliy valyutada ifodalaydi. 
    Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi soliq solinadigan bazaga uni 
    ko’paytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritgan taqdirda, mazkur tovarlarni 
    (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi tomonidan tasdiqlanadigan qo’shimcha hisobvaraq-
    faktura tuziladi. 
    Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi qo’shimcha hisobvaraq-
    fakturada quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatishi kerak: 
    1) 
    qo’shimcha hisobvaraq-fakturaning raqami va tuzilgan sanasi; 
    2) 
    hisobvaraq-fakturani to’ldirishda zarur bo’lgan, ushbu moddaning birinchi 
    qismida nazarda tutilgan rekvizitlar; 
    3) 
    tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi; 
    4) 
    qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan holda soliq solinadigan bazaga 
    tuzatish kiritish miqdori (salbiy yoki ijobiy) ; 
    5) qo’shilgan qiymat solig’i summasiga tuzatish kiritish miqdori (salbiy yoki 
    ijobiy). 
    Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar o’zlari olgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
    bo’yicha hisobvaraq-fakturalarning, shuningdek realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, 
    xizmatlar) bo’yicha taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarning reestrini yuritishi shart. 
    Bunda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestriga 
    faqat qo’shilgan qiymat solig’i ajratib ko’rsatilgan hisobvaraq-fakturalar kiritiladi. 
    Hisobvaraq-fakturaning shakli, uni to’ldirish tartibi, shuningdek kelib tushgan va 
    taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar reestrini yuritish tartibi O’zbekiston 


    97 
    Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
    tomonidan tasdiqlanadi. 

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    kassa kirim orderi - Chakana savdo tushumining kirimi

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish