99
2. So’ng
“Dobavit” tugmachasi bosiladi. Yangi paydo bo’lgan qatorga
shartnomadagi mablag’ni xarajatlar smetasining
qaysi moddasidan xarajatga
chiqarilishi va to’lov jadvali asosida oylar bo’yicha taqsimoti haqidagi ma’lumotlar
bilan to’ldiriladi.
“Shartnoma”-“Dogovor” oynasidagi barcha katakchalar birlamchi buxgalteriya
ma’lumotlari bilan to’ldirib bo’lingandan so’ng, tekshirish uchun
“Proverit”
tugmachasi bosiladi. Agar oynadagi katakchalardan birortasi to’ldirilmagan bo’lsa,
aynan shu katak to’ldirilmaganligi haqida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo’ladi.
Barcha ma’lumotlar to’la va to’g’ri kiritilgan bo’lsa, ogohlantiruvchi yozuv paydo
bo’lmaydi. Shundan keyin ma’lumotlarni dastur xotirasida saqlash uchun
“Soxranit”
tugmachasi
bosiladi va “Zakrit” tugmasini bosib,
“Shartnoma”-“Dogovor”
oynasidan
chiqiladi.
Dasturga kiritilgan shartnomalar haqidagi ma’lumotlarga o’zgartirish kiritish lozim
bo’lsa,
“Tahrir qilmoq”-“Redaktirovat” katakchasi tanlab ochib, tuzatish kiritish
mumkin.
“Udalit” tugmachasidan foydalanib ma’lumotlarni dasturdan butunlay
o’chirish mumkin. Tayyor bo’lgan shartnoma haqidagi ma’lumotni qog’ozga
ko’chirish uchun
“Pechat” tugmachasidan foydalaniladi
13
.