|
Hisobot davrining yakunlanishiga tayyorgarlikBog'liq buxgalteriya hisobining axborot tizimlari7.3.Hisobot davrining yakunlanishiga tayyorgarlik.
7.4.Hisobot davrining yakunlanishi.
7.5.Reglament operatsiyalarning detallashtirilishi.
7.6.Reglamentlashtirilgan hisobotlar.
7.7.Reglamentlashtirilgan hisobot ko’rsatkichlariningyoyilmasi
(rasshifrovkasi).
7.8.Standart hisobotlar.
7.9.Universal hisobotlar.
7.1. Elektron raqamli imzo
Bugungi kunda elektron xujjatlar aylanmasi buxgalter uchun qulay ishlash
vositasiga aylandi.Xaqiqatdan ham bir talay qog’ozli xujjatlar o’rnini bosuvchi
elektron xujjatlar aylanmasi muammola echimini ancha osonlashtiradi, vaqt va
resurslarni tejaydi.
Dastavval konservativ kayfiyatdagi buxgalterlar hisobotni elektron ko’rinishda
topshirish imkoniyatiga shubha bilan qarashgan bo’lsa, bugungi kunda buxgalteriyani
avtomatlashtirganlar buxgalteriyani avtomatlashtirish bo’yicha zamonaviy dasturiy
ta’minotdan foydalangan holda xisobotlarni masofadan jo’natish tabiiy hol deb qabul
qilishmoqda.Ayni paytda O’zbekiston bozorida taqdim etilgan qator dasturiy
mahsulotlar ularga ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.
Elektron raqamli imzo-eri –o’zi nima?
Elektron xujjat tegishli imzoni talab etadi. ERI-elektron raqamli imzo – aynan
shunday imzo hisoblanib u elektorn xujjatning yuridik kuchini tasdiqlash uchun
zarurdir. Faqat eri yordamida Davlat soliq qo’mitasining maxsus saytlariga kirib
xo’jalik yuritvchi sub’ektning byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan
o’zaro xisob-kitoblar, tekshiruvlar reja-jadvali to’g’risida va eng muhim –elektron
ko’rinishdagi soliq va moliyaviy hisobotlarni internet orqali soliq inspektsiyasiga
jo’natish mumkin.
Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin?
ERI soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat xizmati organlaridan olish
mumkin.O’ebekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to’g’risidag”Qonunni 3-
moddasiga muvofiq quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi.
|
| |