registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr
tuzilgan davr; xo’jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli
guruhlanishi;
xo’jalik operatsiyalarining o’lchov birligi ko’rsatilgan holda puldagi o’lchov
miqdori; registrni yuritish uchun mas’ul bo’lgan shaxslarning lavozimlari,
familiyalari hamda
ismi va otasi ismining bosh harflari ko’rsatilgan holdagi imzolari yoki ushbu
shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Registrlar deganda – turli xil shakldagi jadvallar bo’lib, ularga buxgalteriya
hisobining dastlabki hujjatlari va ma’lumotlar bazasi asosida to’ldiriladi.
Registrlar
uch guruhga bo’linadi: - Ma’lumotlar registrlari;
-
Jamg’ariladigan
registrlari; - Buxgalteriya
registrlari.
Regsitrlarning asosiy vazifasi hujjatlar asosida shakllangan ma’lumotlarni
saqlash hisoblanadi. Quyidagi jadvalda guruhlar bo’yicha registrlar namunasi
keltirilmoqda.
Ma’lumotlar registrlari
Jamg’ariladigan registrlari Buxgalteriya registrlari
Ma’lum kombinatsiya yoki
vaqt
bo’yicha
yoilgan
ma’lumotlarni
saqlash
uchun
mo’ljallangan
registrlardir.
Material, pul,
tovar va
boshqalar
to’g’risidagi
axborotning mavjudligi va
ularning harakati haqida
ma’lumotlarning
hisobi
uchun foydalaniladi.
Registrlar yakuniy
ma’lumotlarni ko’rsatadi
Xo’jalik
operatsiyalari
buxgalteriya
hisobida
qanday
aks
ettirilishini
ko’rsatib
berishda
foydalaniladi. Yuu ob’ekt
o’z mavjud emas, lekin u
aniq
buxgalteriya
hisobining
schyotlar rejasi
bilan bog’langan.
Masalan,
Soliqlar stavkasi.
Hisob
siyosati
bo’yicha
ma’lumotlar.
Amortizatsiya
parametrlari
bo’yicha ma’lumotlar. Va
boshqalar
Masalan,
Hisoblangan YaST.
Daromadlar to’g’risdagi
ma’lumotlar va JShDS.
O’rtacha ish haqi.
Va boshqalar.
Masalan,
Buxgalteriya
o’tkazmalari kitobi.
115
Kross-jadval/ro’yxat hisobot tanlab olingan sanada jamg’ariladigan registrlari
bo’yicha qaydnomalarni olishga imkon beradi. Registrning ma’lumotlari ro’yxat
shaklida yoki kross-jadval ko’rinishda chiqarilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy
holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag’larining
harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga
oladi: buxgalteriya balansi; moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobot; pul oqimlari haqidagi hisobot;
xususiy kapital to’g’risidagi hisobot; izohlar,
hisob-
kitoblar va tushuntirishlar.
Xalqaro standartlar bo’yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’ekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga
ajratilgan o’z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo’linmalarining
buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to’g’risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy
hisobotining tarkibi hamda
mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
1 yanvar - 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot
davridir.
1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot
sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy
hisobot uchun hisobot davridir.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo’lga
kiritilgan sanadan boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davr, yuridik
shaxs bo’lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan
boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davr birinchi hisobot yili deb
hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktyabrdan keyin
ro’yxatga olingan bo’lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Ro’yxatdan o’tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi
olinguniga qadar amalga
oshirilgan xo’jalik operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar birinchi hisobot yilining
moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim
etiladi: davlat soliq xizmati organlariga; ta’sis
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga; qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi.
Kichik korxonalar va
mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya
hisobining ayrim sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa
muddatlari belgilanishi mumkin.