Sizning chap tomoningizda – xabarlar oynasi bo’lib, unda STIR va parolni
(dastlab tashkilotning STIRi parol hisoblanadi va keyinroq uni o’zgartirishingiz
mumkin) ko’rsatish kerak. Shuningdek, ERIdan oydalangan
holda tizimda ishlash
vaqtida zaruriy komponent hisoblangan «JAVA» ( «JRE») ilovasini ko’chirib
(yuklab) olish kerak. Siz «JAVA» («JRE») ilovasiniko’chirib (yuklab) olish,
STIRvaparolniko’rsatganingizdanso’ng,«Kirish» tugmasinibosasiz. ShutariqaSizning
«Shaxsiykabinet»ingizgakirdikvao’shaerdansoliqhisobotlarinijo’natamiz.
14
Ko’p odamlar elektron tijorat terminini eshitganda, internetdagi elektron
kataloglarni ko’rib chiqish yoki internetdagi virtual savdo markazlariga kirishni
tushunadi. Elektron tijorat internetning eng asosiy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
Elektron tijorat elektron ma’lumotlarni qayda ishlash va uzatishni o’z ichiga oladi. Bu
keng tushuncha bo’lib turli faoliyatlarni o’z ichiga oladi, shu jumladan ularga tovarlar
va xizmatlarni elektron sotib olish va sotish, raqamli mahsulotlarni
onlayn etkazib
berish, elektron pul o’tkazmalari, aksiyalarning elektron savdolari va to’g’ridan-
to’g’ri iste’mol bozorlari kiradi. Elektron tijorat yangi tushuncha emas; bir qancha
kompaniyalar o’n yillar davomida xususiy tarmoqlar orqali elektron ma’lumotlar
almashinuvi bilan shug’ullangan.Internet inqilob davom etayotgan bir paytda ,
14
www.e-hisobot.uz va www.otchet.uz
107
so’nggi yillarda elektron tijorat tizimi keskin kengaydi va tub o’zgarishlar ro’y berdi.
Tez rivojlanayotgan zamonda bir qator innovatsion bozorlar va savdo birlashmalari
paydo bo’ldi. Elektron tijorat iste’molchilar va sotuvchilarga ulkan imkoniyatlar
va’da qiladi, muhim muammolarni samarali amalga oshirish va nazorat qilish uchun
malakali menejer va hisobchilar kerak bo’ladi. Tashqi ta`sir va risklarni to’g’ri
baholash uchun, bizga elektron tijoratga oid texnika va
texnologiyalar bilan tanish
bo’lgan zamonaviy hisobchilar kerak. Uskunadagi uzilishlar, dasturiy ta’minotdagi
xatolar va ta`qiqlangan joylardan ruxsatsiz foydalanishlar tashkilotning buxgalteriya
tizimiga yagona tahdid bo`lib hisoblanadi. Misol uchun, operatsiya raqamlarining
o’zgarishi, uzatish liniyalaridan o’tayotgan signallarning buzilishi yoki boshqa
tomonga o’zgarishi va hech qachon qayda tiklanmasligi mumkin. Uning ilovasida, biz
elektron tijoratning uch xil jihatlarini ko’rib chiqamiz: (1) ma’lumot tarqatishda ichki
tarmoqlardan foydalanish, (2) biznes uchun biznes operatsiyalarini elektronik axborot
almashish
bilan boshqarish, (3) shu jumladan, internetga asoslangan tijorat, biznes
xaridor uchun, biznes biznes uchun aloqalarini o’z ichiga oladi. Biz bu
sohalarda elektron tijorat texnologiyalari, topologiyalar
va takliflarni tekshirib
chiqdik. Biz elektron tijorat bilan bog’liq risklarni ko’rib chiqishimiz, xavfsiz va
ishonchli
texnikalardan
riskni
qisqartirib
ishonchlilikni
oshirish
uchun
foydalanishimiz
va
elektron
tijoratning
oqibatlarini
buxgalterlar
bilan
maslahatlashimiz kerak
15
.