|
Mahsulot va xizmatlarning tannarxiBog'liq buxgalteriya hisobining axborot tizimlariMahsulot va xizmatlarning tannarxi hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisobot
oyida ishlab chiqarilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxiga ishlab
chiqarish xarajatlarini taqsimlashni ko’rsatadi.
Bilvosita xarajatlarni taqsimlash hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisobot oyida
umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab
chiqarishga taqsimlash ko’rsatadi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisob
hujjati hisoblanadi. Hisobot oyida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shilgan
xarajatlar tarkibi va ularning miqdoriy hamda puldagi xarakteristikasi ko’rsatiladi.
Kelgusi davr xarajatlarni hisobdan chiqarish hisob-kitob-ma’lumotnomasi
hisobot oyida kelgusi davr xarajatlarini hisobdan chiqarilishini ko’rsttadi.
Valyuta mablag’larini qayda baholash hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisobot
oyida xorijiy valyutada aks ettirilgan aktiv va majburiyatlarni qayda boholash natijasi
ko’rsatiladi.
7.5. Reglament operatsiyalarning detallashtirilishi
Oyning yopilishi reglamentlashtirilgan operatsiyalar detallashtirilgan holda
ko’rsatiladi. Bunga quyidagilar kiradi:
-
Asosiy vositalar bo’yicha eskrish hisoblanishi;
-
NMAlarga amortizatsiya hisoblanishi;
-
Valyuta mablag’larning qayda baholanishi;
-
Kelgusi davr xarajatlarini taqsimlash;
-
Sotilgan tovarlarga to’g’ri keladigan savdo ustamasining hisob-kitobi;
-
Nomenklatura qiymatini korrektirovkasi;
-
20, 23, 25 schyotlarning yopilishi va ishlab chiqargan mahsulot tannarxini
aniqlash;
-
Buxgalteriya hisobida umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash; -
Tashkilotning bilvosita xarajatlarini taqsimlash; - Moliyaviy natijalarni aniqlash.
|
| |