chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi reglament operatsiyalarini (2000, 2300,
2500 schyotlarning yopilishi) amalga oshirilishi bilan hisoblanadi.
Jadval qismining
Xizmatlar zakladkasida bir bo’lim
tomonidan boshqa
bo’limga ko’rsatilgan xizmatlari aks ettiriladi. Har xizmat uchun quyidagilar
ko’rsatiladi:
- ko’rsatilgan xizmatlarning nomi;
- miqdoriy ko’rsatkichlari yoki reja bahosi (hisob siyosatidan kelib chiqqan holda);
- xizmatlar ko’rsatilayotgan bo’limning xarajatlar
hisobining schyoti;
- nomenklatura guruhi – ishlab chiqarilgan mahsulotning turi.
.
.
89
6.3. Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi
Omborga qabul qilingan tayyor mahsulotlar
xaridorlar bilan tuzilgan
shartnomalar bo’yicha sotiladi va ularning sotilishi
Tovar va xizmatlarning sotilishi
hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatning jadval qismi sotilayotgan mahsulot haqida
ma’lumotlar
Nomenklatura ma’lumotlar bazasidan foydalanib rasmiylashtiriladi
(menyu
Sotuv- Tovar va xizmatlarning sotilishi).