87
Tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha birlamchi buxgalteriya ma’lumotlari
dasturga kiritilib bo’lgandan so’ng, tekshirish uchun
“Proverit“ tugmachasi bosiladi.
Agar oynadagi katakchalardan birortasi to’ldirilmagan bo’lsa, aynan shu katak
to’ldirilmaganligi haqida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo’ladi. Barcha ma’lumotlar
to’la va to’liq kiritilgan bo’lsa, ogohlantiruvchi yozuv chiqmaydi.
Shundan keyin
ma’lumotlarni dastur xotirasida saqlash uchun
“Soxranit” tugmachasi bosib,
“Tovar-moddiy zaxiralar”-“TMZ” oynasidan chiqiladi. Dasturga kiritilgan
ma’lumotlarga o’zgartirish kiritish lozim bo’lsa,
“Tahrir qilmoq”- “Redaktirovat”
tugmachasi
tanlab olinib, o’zgartirish kiritish mumkin. Dasturga kiritilgan tovar-
moddiy zaxiralar haqidagi ma’lumotlar ro’yhatidan kerakli tovar-moddiy zaxirani tez
topish uchun
“TMZ ma’lumotnomasi” - “Spravochnik TMZ” oynasidagi
“Nomer” va “Naimenovanie” katakchalariga kerakli ma’lumotlar yozilib,
“Qidiruv”-“Poisk” tugmachasi bosilsa, dastur kerakli ma’lumotni
avtomatik
ravishda tezda topib beradi. Ma’lumotlarni dasturdan butunlay o’chirish uchun
“Udalit” tugmachasidan foydalaniladi
12
.