81
5.3. Asosiy vositalarning modernizatsiyasi
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-BHMSda belgilangan
holatlardan tashqari
hollarda o’zgartirilmaydi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlang’ich
qiymatini o’zgartirishga tegishli asosiy vositalar
qurib bitkazilgan, qo’shimcha
jihozlangan,
rekonstruktsiya
qilingan,
zamonaviylashtirilgan,
texnik
qayda
qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayda baholangan holatlarda yo’l
qo’yiladi.
Qurib bitkazish, qo’shimcha jihozlash, zamonaviylashtirish
ishlariga asosiy
vositalarning texnologik yoki xizmat maqsadining o’zgarishi, og’irlikning oshishi va
sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa sifatlar tufayli yuzaga kelgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning
texnikiqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq bo’lgan hamda ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar)
sifatini yaxshilash va
nomenklaturasini o’zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish
loyihasi bo’yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalarni qayda qurish kiradi.
Texnik qayda qurollantirishga ilg’or texnika va texnologiyalarni joriy etish,
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash
va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan
eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari,
unumdorligi yanada
yuqori bo’lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim
qismlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
majmuasi kiradi.
5.4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi
Asosiy vositalar va NMA qiymati chiqib ketishda balansdan chiqarilishi
lozim. Asosiy vositalar qiymati korxona balansidan quyidagilar natijasida
chiqariladi:
tugatilganda;
sotilganda;
ayirboshlanganda; bepul o’tkazilganda;
ustav sarmoyasiga ta’sischi qo’yilmasi sifatida
berilganda;
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha berilganda;
kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda;
ta’sischi ta’sischilar tarkibidan chiqqanda;
nodavlat notijorat tashkilot mulkini shakllantirishda mulkiy badal sifatida
berilganda.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holatda uning boshlang’ich (tiklash) qiymati
va jamlangan amortizatsiyasi tegishincha ob’ektning
tugatilgan qismining
boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi summasiga
kamaytiriladi.
Asosiy vositalarning chiqarilishidan moliyaviy natija (foyda va zarar) asosiy
vositalarni chiqarishdan tushgan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymati, asosiy
vositalarning chiqarilishi bilan bog’liq bilvosita soliqlar va xarajatlarni ayirish orqali
aniqlanadi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani
yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalarning ilgarigi qayda
baholashlardagi ortgan
summasining ushbu asosiy vositalar qiymatining ilgarigi qayda baholashlardagi
kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan
daromad tarkibiga kiritiladi va bir vaqtning o’zida "Uzoq muddatli aktivlarni qayda
baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’i bo’yicha rezerv kapital kamayadi.