83
6-BOB. AYLANMA AKTIVLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH
6.1. Ishlab chiqarish zahiralari va xarajatlari hisobini yuritish.
6.2. Tayyor mahsulotlarni hisobga olish.
6.3. Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi.
6.4. Tovar va xizmatlarning kirimini hisobga olish.
6.5. Material va tovarlarning qaydarilishi hisobi.
6.6. Chet korxonalarning xizmatlarini hisobga olish.
6.7. Chakana va ulgurji savdoda tovarlar hisobi.
6.8.
Schyot-faktura, uni rasmiylashtirish va QQS.
6.1. Ishlab chiqarish zahiralari va xarajatlari hisobini yuritish
Buxgalteriya hisobining 1C dasturiy ta’minotida (keyingi matnlarda “Dastur”
deb ataladi) ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtirilgan holda aks ettirish uchun
quyidagi xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish mumkin:
-
ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladigan ishlab chiqarish zahiralari va chet
tashkilotlarning xizmatlarining kirimi;
-
ishlab chiqarish zahiralarini mahsulot ishlab chiqarishga berish;
-
omborga tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlarning kirimi;
-
o’z ishlab chiqarish bo’limlariga ko’rsatilgan xizmatlarni aks ettirish;
-
mahsulot (tovar, xizmat)larning haqiqiy tannarxini aniqlash;
-
o’z ishlab chiqargan tayyor mahsulot (yarim
tayyor mahsulot, xizmat)larni
sotish;
-
buyurtmachilarga xizmatlarni ko’rsatish;
-
daval xom-ashyolarni qayda ishlovga berish.
Ishlab chiqarishga doir hujjatlarda ishlab chiqarish bo’limini yozish majburiy
hisoblanadi.
Dasturda mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan
va ishlab
chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hamda ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillarni hisob siyosatida aks ettirish lozim.
Dasturda ishlab chiqarish faoliyati quyidagicha aks ettiriladi:
1. Oy davomida ishlab chiqarish faoliyatini bilan bog’liq bo’lgan ishlab
chiqarish xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida hisobga olib boriladi.
Ishlab chiqarish zahiralari avval omborga qabul qilinadi
va undan keyin ishlab
chiqarishga beriladi.
2. Omborga tayyor mahsulot (yarim tayyor mahsulot)lar reja bahosida (ishlab
chiqarish hisobi reja bahosida olib borilsa) yoki material qiymati (
ishlab chiqarish
hisobi spetsifikatsiya asosida olib borilsa) asosida qabul qilinadi.
3. O’z ishlab chiqarish bo’limlariga va chet tashkilotlarga ko’rsatilgan xizmatlar
hisobi aks ettiriladi.
4. Oy oxirida inventarizatsiya natijasida tugallanmagan ishlab chiqarish
qoldiqlari aniqlanadi, agar
Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi
hujjati foydalanilsa.
5. Oy oxirida reglamentli operatsiyalar natijasida ishlab chiqarish tayyor
mahsulot (yarim tayyor
mahsulot, xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi schyotlarida olib boriladi:
- 2000 “Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlar”;
- 2300 “Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlar”;
- 2500 “Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”;
- 2600 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schetlar”.
Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagilar bo’yicha olib boriladi:
-
Ishlab chiqarish bo’limlari (
Tashkilotning bo’limlari ma’lumotlar bazasi);
-
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari (
Nomenklatura guruhi
ma’lumotlar bazasi);
-
Xarajat moddalari (
Xarajat moddalari va
Boshqa xarajat va daromadlar
ma’lumotlar bazasi).
Omborga materiallar kirimi qilish uchun menyu
Xaridlar – Tovar va