O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/77
Sana05.02.2024
Hajmi4,18 Mb.
#151433
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi 
Ta’tillar vaqtiga haq to’lash, ishdan bo’shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini 
to’lash uchun o’rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish 
kunidagi tarifikatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib 


chiqqan holda ularni o’n ikkidan birga (olti oy to’liq ishlaganlarga oltidan birga; etti 
oy to’liq ishlaganlarga ettidan birga va hokazolar), o’rta maxsus va hunar-texnika 
o’quv yurtlari o’qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifakatsiya bo’yicha 
belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o’ndan birga oshirgan 
holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo’shimcha ish haqi, 
mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ish haqiga qo’shimcha haqlar va ijtimoiy sug’urta 
bo’yicha badallar hisoblanadigan boshqa to’lovlar kiradi. 
Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o’rta maxsus va hunar-texnika 
o’quv yurtlari o’qituvchilariga qo’shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda 
amalda bo’lgan stavkalar bo’yicha to’lanadi. 
Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi 
yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda 
shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi 
Vazirlar Maxkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug’ish varaqalari bo’yicha to’lovlar 
(nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar 
tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 
Boshqa barcha hollarda (1-4-xatboshilarda ko’rsatib o’tilganlardan tashqari) 
o’rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o’rtacha oylik ish haqidan kelib 
chiqib belgilanadi. 
Xodim mehnat ta’tilida bo’lganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki 
oygacha bo’lgan muddatda ish qidirish (mehnat bo’yicha mahalliy organ tomonidan 
berilgan ma’lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif 
stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to’lashning 
yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga 
to’g’ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to’lovlar qayda hisoblanadi. 

Download 4,18 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi

Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish