Eng kam oylik ish haqining o’n
baravari miqdoridan (+1 so’m) va
undan yuqori miqdordan
Eng kam oylik ish haqining o’n baravari
miqdoridan olinadigan soliq + o’n
baravaridan oshadigan summaning 23%
Xodimning ish haqidan quyidagi yana ushlanmalar ushlab qolinadi:
nafaqa fondiga 7,5% ushlanma;
ShJBPHR (INPS) 1%; -
kasaba
uyushasiga
1%
ushlanma;
-
xodimning arizasiga binoan.
Voyaga etmagan bolalr uchun sud qaroriga ko’ra undiriladigan aliment
miqdori (Oila kodeksi 99-moddasi) quyidagilardan iborat:
bir bola uchun –ish haqi va/yoki boshqa daromadning 25%;
ikii bola uchun –ish haqi va/yoki boshqa daromadning 33%;
uch va undan ortiq bola uchun –ish haqi va/yoki boshqa daromadning 50%;
Bunda har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan
bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan kam bo’lmasligi
kerak.
4.4. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi bo’yicha nafaqa hisoblash
tartibi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan ijtimoiy
sug’urta bo’yicha quyidagi nafaqalar beriladi:
-
homiladorlik va tug’ish uchun;
bola tug’ilgani uchun;
qo’shimcha dam olish kuni uchun;
dafn
etish marosimi
uchun.
2007 yil 1 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa
to’lash bilan bog’liq xarajatlar: byudjet tashkilotlari tomonidan - mehnat haqi
jamg’armasiga ajratiladigan byudjet mablag’lari doirasida;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - foyda solig’ini hisoblashda mazkur
xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag’lari
hisobidan amalga oshiriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda
(shikastlanishda) ;
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
v) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;
g) karantinda;
d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda;
e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish
uchun
reabilitatsiya
muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan
tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos
bo’ladi.
71
Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura,
klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga
yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab
beriladi.
1941-1945 yillardagi urush nogironlariga, baynalminal jangchilarga, Chernobil
AES falokati oqibatlarini tugatishda
qatnashgan shaxslarga, shuningdek sanatoriyga
davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard infarkti
bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aortakoronar shuntrovkasi va
anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan
davolangan va o’t pufagini olib tashlashdan keyin
bevosita yuborilgan xodimlarga,
shuningdek sil kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt
uchun beriladi.
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani
parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay
qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki
qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar
kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash
uchun vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan
oshmagan davr uchun beriladi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa
mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki
oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan
ularga tenglashtirilgan
boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning
oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra
nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to’rt oygacha yoki
kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda
mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki
mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayda
ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa shaxs
to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi.
Xodim sil kasalligi bilan qayda kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida
nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan 6 oyga beriladi.
TMEK ko’rigidan belgilangan muddatda qayda o’tmagan
nogironga nafaqa
mazkur bandda belgilangan muddatlarga to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda
nafaqa