O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1.
Tashkilotlarda kassa va kassa operatsiyalari qaysi me’yoriy hujjat bilan
tartibga solinadi?
2.
Naqd pulsiz operatsiyalar deganda nima tushunasiz?
3.
Kassa kirim va chiqim hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi fanday?
4.
Hisobdor shaxslarga avans to’lovlari va ularning hisoboti buxgalteriyadan
qanday rasmiylashtiriladi?
5.
Bank plastik kartochkasi bilan xo’jalik operatsiyalarni o’tkazish tartibi aytib
bering?
9
Accounting Information Systems, Seventh Edition James A. Hall, 2011,South Western Cengage Learning, USA
70-74
63
6.
Bank ko’chirmasi deganda nimani tushunasiz?
7.
To’lov topshirinomasi va to’lov talabnomasining bir-biridan farqi nimadan
iborat?
4-MAVZU. MEHNATGA HAQ TO’LASH VA ISH HAQI BO’YICHA HISOB-
KITOBLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH
REJA:
1. Xodimlarning hisobiga doir hujjatlar. Kadrlar bo’limi, ishlab chiqarishda band
bo’lgan ishchilar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ishchilarning hisobi
ma’lumotlari bilan ishlash, to’lov qaydnomasini shakllantirish, oylik maoshlarini
belgilash. Ish haqi hisobi uchun hujjatlar.
2. Xodimning ish haqidan: daromad solig’i, pensiya fondiga ushlanma, ijro
varag’i, xodimning arizasi bo’yicha ushlanmalar.
3. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi bo’yicha nafaqa hisoblash tartibi. Mehnat
ta’tili. O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar bilan hisob-kitoblar hisobini
avtomatlashtirish.
4.1. Xodimlarning hisobiga doir hujjatlar.
Mehnatga haq to’lashning nazariy asoslari.
Mehnatga haq to’lash jarayonida xarajatlar xom-ashyo yoki tugallanmagan
ishlab chiqarish yo’nalishida emas, balki ishchi kuchiga sarflanadi. Mehnatga haq
to’lash tizimi shaxsiy tarkibga binoan amalga oshiriladi.
Kadrlar bo’limi.
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar uchun zaruriy “shaxsiy harakat forma” si
hujjatlarini kadrlar bo’limi buxgalteriya bulimiga taqdim qiladi. Bu kabi hujjatlar ish
tasnifi, ish haqidan ushlanmalar, soatbay ish haqidagi o’zgarishlar va mehnat haqi
miqdorini aniqlashda yordam beradi.
Xodimlar
Kadrlar bo’limi terminallar orqali real vaqt rejimida xodimlar shaxsiy varaqasiga
o’zgartirishlar kiritadi. Bu o’zgarishlar yangi xodimlarining ishga qabul qilinishi,
mehnat shartnomasining bekor qilinishi, lavozim o’zgarishlari ushlab qolishlar va ish
holati o’zgarishlari (to’lov stavkasi) kabi holatlarni ham o’z ichiga oladi.
Axborotlashtirilgan ma’lumotlar bazasi orqali korxonada muayyan vaqtda o’z
ish faoliyatini yuritayotgan ishchi xodimlarning ro’yxati yaratilib, ushbu ro’yxatga
asosan har bir ichchi-xodim to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lish imkonini
beradi.
Ishchini ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va u imzolanganidan keyin
korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to’g’risida imzolagan buyrug’i
chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. Korxona bo’yicha xodimlar jadvali ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha xodimlarning ro’yxati bo’lib, ular maoshining
miqdori ko’rsatiladi.
Xodimlar bo’limida har bir xodimga shaxsiy varaqa to’ldiriladi, rahbar xodimlar
va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa bir xodim ishga qabul qilish
paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir
barcha hujjatlarga ushbu raqam qo’yiladi
10
. (1-rasm)
10
Accounting information systems. James A. HALL. 266-bet
65
Ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchi xodimlar va ma’muriyat xodimlarining
mehnat haqi xarajatlari hisobi alohida yuritiladi.
Tegishlicha rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlar oy oxirida buxgalteriyaga
topshiriladi, buxgalteriya xodimlari ularni diqqat bilan tekshiradilar, so’ngra har bir
xodimga tegishli bo’lgan ish haqini hisoblaydilar va ma’lumotlarni ishlov berish
uchun
hisoblash markaziga topshiradilar. Hisoblab chiqarilgan ish haqi xodimning shaxsiy
varaqasida ko’rsatiladi.
Korxona buxgalteriyasi tomonidan ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblarni
rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan asosiy registr bo’lib hisob-kitob qaydnomasi
hisoblanadi.
Xodimning ish kuni davomida ish haqini ishlangan vaqt miqdoridan va bir soat
ish uchun belgilangan haq orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar quyidagi hujjatlar asosida sarflangan
vaqt hisobini olib boradi:
-
Bajarilgan ish kartasi (job ticket);
-
Ishlangan vaqt kartasi. (time cards).
Tuzilishi bo’yicha ma’lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo’linadi.
Oddiy ma’lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo’shimcha
ma’lumotlar schyot bo’yicha xizmatlar.
Murakkab ma’lumotnomalar o’z ichiga ma’lumotlarning kiritilganligining
ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda
joylashtirib bo’lmaydigan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun
mo’ljallangan.
Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish
uchun hisob bo’yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi.
- moddiy boyliklarning harakati, qabul qilish dalolatnomasi, yuk xati,
ro’yxatdan chiqarish dalolatnomasi,
- moliyaviy – hisoblash operatsiyalari to’lov topshiriqnomasi, kirim, chiqim
kassa orderi va boshqalar;
- asosiy vositalar;
- mehnat va ish haqi (tabel, naryad);
- tayyor mahsulotlar – dalolatnomasi.
Birlamchi hujjatlarning axborotlari asosida tezkor axborotlarning fayllari
shakllantiriladi, ularga tegishli ma’lumotnomalarni axborotlari avtomatlashtirilgan
usulda kiritiladi.
Bajarilgan ish kartasida, ishchining har birlik mahsulotga sarflagan vaqti
hisobga olinadi. Ishlangan vaqt kartasida – ish joyida bo’lgan vaqti hisobi yuritiladi.
So’ngra ushbu kartalardan ishchilarning mehnat haqini hisoblash maqsadida kadrlar
bo’limiga yuboriladi.
Ishchilarning kunlik ish vaqti grafigi muntazam olib boriladi. Kartadagi vaqt
kunlik ish vaqtini hisobga oladi. Umumlashtirilgan kunlik ma’lumotlar haftalik tarzda
kadrlar bo’limiga yuboriladi. Ta’rif stavkasidan kelib chiqib, hisob-kitoblarni amalga
oshirishni nazarda tutadi.
Korxona mehnatga haq to’lashning shakli, tizimi, hamda qo’shimcha to’lovlar
miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi, amaldagi qonunchilikka binoan. Xodimlarning
asosiy daromad manbai bo’lib, ish haqi hisoblanadi.
Ish haqi xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishda qilinadigan xarajatlarning asosiy
qismini tashkil qiladi. Ish haqi, ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi bo’lib
mahsulot tannarxini va pirovard natijada korxonaning foydasiga ta’sir ko’rsatadi.
Korxona buxgalteriyasining asosiy vazifasi bo’lib ish haqi to’g’ri hisoblanishi va
o’z vaqtida berilishi hisoblanadi.
Aniq biror bir mansab bilan bog’liq bo’lmagan, xodimlar haqida umumiy
axborotlarni saqlash uchun (pasport ma’lumotlari va boshqalar) menyu Kadrlar
|