|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishiBog'liq buxgalteriya hisobining axborot tizimlari5.2. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi
Asosiy vositalar va NMA qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan
so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida
sub’ekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt
asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan
boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq
so’ndirilgunga yoxud ushbu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar amalga
oshiriladi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur
ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgan yoki bu ob’ekt
balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to’xtatiladi.
Asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya
ajratmalarini hisoblash to’xtatilmaydi, asosiy vositalar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan holatlar, shuningdek ularni butkul to’xtatish
sharti bilan ob’ektni qurib bitkazish, to’liq jihozlash, qayda qurish,
zamonaviylashtirish, texnik qayda qurollantirish davri bundan mustasno.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi
korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u daxldor bo’lgan
hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya
hisobida tegishli summalarni alohida hisobvaraqda jamlash yo’li bilan aks ettiriladi.
Er uchastkalariga amortizatsiya hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi asosiy
vositalar bo’yicha ham amortizatsiya hisoblanmaydi:
a) mahsuldor qoramollar;
b) kutubxona fondlari;
v) hokimiyatlarga bo’ysunadigan obodonlashtirish inshootlari;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan
fondlar; d) muzey qimmatliklari;
e) arxitektura va san’at yodgorliklari;
j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari;
z) to’liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan
hisoblanadi: a) amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli)
hisoblash.
b) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash
(ishlab
chiqarish usuli).
Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy
jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda
hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanadi:
a) ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
b) yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
|
| |