73
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan o’tadigan
kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan
xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining
(umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga - ish haqining
100 foizi
miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga - ish haqining 80
foizi
miqdorida;
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga - ish haqining 60 foizi
miqdorida.
Xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi
miqdorlarda to’lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21
yoshga etmagan
chin (sag’ir) etimlarga - ish haqining 80 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga - ish haqining 60 foizi
miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan
eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan
yuqori bo’lmasligi lozim.