• Kadrlar (Kadri) – Ishga qabul qilish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/77
    Sana05.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #151433
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
    Bog'liq
    buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

    (Kadri) Jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasi mo’ljallangan. 
    Aniq mansab bilan bog’liq bo’lgan axborotlarni saqlash uchun (tashkilot, bo’lim, 
    mansab, tabel raqami) menyu Kadrlar (Kadri) - Tashkilot xodimlari ma’lumotlar 
    bazasi mo’ljallangan. Bevosita ma’lumotlar bazasidan Xodimni ishga qabul qilish 
    bo’yicha T-1 shakldagi buyruqni pechat qilish mumkin. 
    Xodimni ishga qabul qilish uchun menyu Kadrlar (Kadri) – Ishga qabul 
    qilish 
     


    67 
    4.2. Ish haqi hisobi uchun hujjatlar. Mehnat va fuqarolik-huquqiy 
    shartnomasi 
    Xodimni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va buyruq bilan 
    rasmiylashtiriladi. 
    Korxonada xodimlarning shtat jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Unda 
    xodimlarning okladining miqdori va mansablar ro’yxati bo’ladi. 
    Har bir xodimga buxgalteriyada kartochka ochiladi va har oyda unga 
    hisoblangan ish haqi summasi yozib boriladi. 
    Xodimning ish haqi asosiy va qo’shimcha ish haqidan iboratdir. 
    Asosiy ish haqi deb, bajargan ishi uchun hisoblangan ish haqi, tarif stavkasi, 
    oklad, mukofot, normal mehnat sharoitining buzilishi natijasida to’lanadigan 
    qo’shimcha to’lovlar, kechki vaqtlarda ishlagani uchun haq, korxona aybi bilan bekor 
    turib qolishlar va boshqalarga aytiladi. 
    Qo’shimcha ish haqi deb, ishlamagan vaqtlarida qonunchilikka nazarda tutilgan 
    paytlarda to’lanadigan to’lovlar tushiniladi. Ularga navbatdagi mehnat ta’tili, 
    emizdirish uchun tanaffuslar, davlat va jamoat ishlarini bajarish uchun ketgan vaqtlar, 
    va boshqalar kiradi. 
    Mehnatga haq to’lashning ishbay va vaqtbay shakllari mavjud. 
    Ishbay ish haqisi xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori
    sifati, malakasi va sarf qilingan vaqtlari hisobga olinib to’lanadigan/hisoblanadigan 
    ish haqiga aytiladi. 
    Vaqtbay ish haqisi xodim tomonidan sarf qilingan vaqtlari va malakasi hisobga 
    olinib to’lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi. 
    Qo’shimcha to’lovlar - kompensatsiya tusidagi va ish me’yori hamda mehnat 
    sharoitlariga bog’liq bo’lgan xodimlar foydasiga beriladigan to’lovlardir. 
    Tungi vaqtdagi ish uchun ko’shimcha to’lov – soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha 
    bo’lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (MK 122 moddasi). Hiilador ayollar va o’n to’rt 
    yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar, 18 yoshga to’lmagan shaxslar va boshqa 
    shaxslarga qo’yilmaydi. 


    Tungi vaqtdagi barcha ish korxonadagi birlamchi hujjatlarda rasmiylashtiriladi va 
    tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1.5 baravar miqdorda haq to’lanadi 
    (MK 158 modda). 
    Ish vaqtidan tashqari ish uchun qo’shimcha to’lovlar – xodim uchun belgilangan 
    kundalik ish muddatidan tashqari ishlash ash vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. 
    Bunda ishlar, xodim o’z asosiy ishini yoki o’z vazifasi doirasidan tashqari ishni 
    bajarganidan qat’i nazar ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Unga kamida ikki 
    hissa miqdorida haq to’lanadi (MK 157 modda). 
    Bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi. 
    Asosiy ish bilan bir qatorda boshqa kasb bo’yicha qo’shimcha ishlarni bajarish 
    bir necha kasbda ishlaganlik deb ataladi. Mehnat kodeksida bir necha kasbda 
    ishlaganlik yoki xizmat ko’rsatish doirasi kengayligi uchun ustamalar miqdoriga 
    nisbatan hech qanday cheklashlar qo’llanilmagan. 
    Ko’p yil ishlaganlik uchun taqdirlash, qoidagi ko’ra, ayrim tashkilotlarda 
    xodimlarning uzoq muddat mehnatini rag’batlantirish maqsadida belgilanadi. 
    Mukofotlash tizimi xodimlarga topshiriqlar va shartnomaviy majburiyatlarini 
    bajarishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligi va ish 
    sifatini oshirish maqsadida o’z asosiy ish haqlaridan tashqari qo’shimcha pul 
    summalarini to’lashni nazarda tutadi. 
    Maqsad 
    Mukofotlash ko’rsatkichlari 
    Mehnat unumdorligining 
    o’sishini rag’batlantirish 
    a) mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi; 
    b) mehnat hajsining pasayishi; 
    v) berilgan ish hajmining belgilangan muddatda kamroq 
    son bilan bajarilishi va boshqalar. 
    Mahsulot 
    sifatini 
    yaxshilash 
    rag’batlantirish 
    a) umumiy ishlab chiqarish hajmida yuqori sifatli 
    mahsulot salmog’i oshirish; 
    b) ishlab chiqarilayotgan mahsulotda standartlar va texnik 
    shartlarga rioya qilish; 
    v) yaroqsiz mahsulotni kamaytirish va boshqalar. 
    Yangi 
    texnika, 
    texnologiyani 
    o’zlashtirishni 
    rag’batlantirish 
    a) asbob-uskunalarni ish bilan band etish koeffitsientini 
    oshirish; 
    b) asbob-uskunadan foydalanish xarajatlarini kamaytirish; 
    v) yangi ilg’or texnologiyani o’zlashtirish muddatlarini 
    qisqartirish. 
    Moddiy sarf-xarajatlarni 
    kamaytirishni 
    rag’batlantirish 
    a) xomashyoni tejash; 
    b) yoqilg’i-energetika resurslarini tejash; 
    v) chiqindilar, talofatlar va boshqalarni kamaytirish 

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish