Mehnat jarayonida sog’lig’iga fizikaviy,
kimyoviy, biologik va ishlab
chiqarishning boshqa zararli omillari ta’sir etadigan xodimlarga noqulay mehnat
sharoitida ishlaganliklari uchun yillik qo’shimcha ta’til beriladi.
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo’yicha ish
kunlari bilan hisoblab chiqariladi.
Ta’til davriga to’g’ri kelib qolgan va ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan
bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta’tillar
yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo’shib jamlanadi.
Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning
umumiy muddati
qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda
ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq
ishlangan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n besh kalendar
kunga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar
kundan kami esa chiqarib tashlanadi.
Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiradi: ish
yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
xodim haqiqatda ishlamagan bo’lsa ham, lekin uning ish joyi (lavozimi)
saqlangan
vaqt, bundan bolani parvarishlash uchun qisman haq to’lanadigan ta’til va ish haqi
saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan ko’p bo’lgan ta’tillar mustasno;
mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor
qilinganligi yoki xodim
g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilganligi natijasida qilingan haq
to’lanadigan majburiy progul vaqti, basharti xodim keyinchalik avvalgi ishiga
tiklangan bo’lsa; tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning o’zga
lokal hujjatlari,
mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa davrlar.
Jamoa
shartnomasida,
korxonaning
boshqa
lokal
hujjatida,
mehnat
shartnomasida xususan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan
ko’p bo’lgan ta’til vaqtini ham yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan mehnat
stajiga qo’shish nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda yillik qo’shimcha
ta’tillarni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarishning alohida qoidalari
nazarda tutilishi mumkin.
Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun
olti oy ishlangandan keyin beriladi.
Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran
hisoblanadi.
Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan oldin
beriladi:
ayollarga - homiladorlik va tug’ish ta’tili
oldidan yoki
undan keyin; I va II guruh nogironlariga; o’n sakkiz yoshga
to’lmagan shaxslarga;
muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo’shatilgan va ishga joylashgan harbiy
xizmatchilarga; o’rindoshlik asosida ishlayotganlarga - asosiy ish joyidagi ta’til bilan
bir vaqtda,
75
o’rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktablarida, oliy va o’rta
maxsus, kasb-hunar o’quv
yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni
tayyorlash va qayda tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular
o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, diplom, kurs,
laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasalar;
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar
soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishiga olib
kelgan ishlar hajmining
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan
xodimlarga (100modda ikkinchi qismining 1-bandi).
Maktablar, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlari, kadrlarning
malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayda tayyorlash institutlari va kurslarining
muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o’quv yurtiga
ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq
to’lagan holda yozgi ta’til davrida to’liq beriladi.
Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko’ra joriy yilda ta’tilni to’liq berish imkoni
bo’lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning o’n ikki ish kunidan
ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin,
shu yili undan albatta
foydalanilmog’i lozim.
Xodimlar quyidagi
ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:
homiladorlik va tug’ish ta’tillari (233-modda) ;
bolalarni parvarishlash ta’tillari (232, 234, 235-
moddalar); o’qish bilan bog’liq ta’tillar (254 va 256-
moddalar) ;
ijodiy ta’tillar (258-modda).
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra,
ish haqi saqlanmagan holda
muqarrar tartibda ta’til beriladi:
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga
tenglashtirilgan shaxslarga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar; ishlayotgan I va
II guruh nogironlariga - har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
ikki yoshdan uch
yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga (234-modda); o’n ikki
yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga - har yili
o’n to’rt kalendar kunga qadar (232-modda) ; mehnat to’g’risidagi qonunlar va
boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat
shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo’shimcha ta’tillar
yillik asosiy ta’tilga qo’shib hisoblanadi.
Xodimlarga 15 kunidan kam bo’lmagan muddatda yillik asosiy ta’til beriladi.
Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning
umumiy muddati 48 ish kunidan oshib ketmasligi kerak (MK 140 modda).