• 5-BOB. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH 5.1. Asosiy vositalar va NMAlarni sotib olish hisobi. 5.2.
  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi. 5.1. Asosiy vositalar va NMAlarni sotib olish hisobi Asosiy vositalar
  • Nomoddiy aktivlar
  • O’z-o’zini tekshirish uchun savollar




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/77
    Sana05.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #151433
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
    Bog'liq
    buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

    O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
    1. Xodimlarni ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlarni sanab bering? 
    2. Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomasining bir-biridan farqi 
    nimadan iborat? 
    3. Xodimlarga ish haqi hisoblash uchun asos bo’ladigan hujjatlar turlarini sanab 
    bering? 
    4. Xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’ining stavkasini aytib 
    bering? 
    5. Xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan boshqa majburiy va ixtiyoriy 
    ushlanmalarni sanab bering? 
    6. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqani hisoblash tartibini aytib 
    bering? 
    7. Ta’lil turlarini sanab bering? 
    8. Mehnat ta’tilini hisoblash tartibini aytib bering? 


    77 
    5-BOB. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI 
    AVTOMATLASHTIRISH 
    5.1. 
    Asosiy vositalar va NMAlarni sotib olish hisobi. 
    5.2. 
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi. 
    5.3. 
    Asosiy vositalarning modernizatsiyasi. 
    5.4. 
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi. 
    5.1. Asosiy vositalar va NMAlarni sotib olish hisobi 
    Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik 
    faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar 
    ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga 
    oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar. 
    Uzoq muddatli aktivlar korxonaning mol-mulki, zavod binolari, asbob-
    uskunalari hisoblanadi. Uzok muddatli aktivlarni sotib olishda yirik hajmdagi 
    investitsiyalar safarbar etiladi.
    11
     
    Nomoddiy aktivlar - korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar 
    bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida 
    yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat 
    mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk 
    ob’ektlari. 
    Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o’zida javob 
    beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: 
    a) bir yildan ortiq xizmat muddati; 
    b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida (xarid 
    paytida) 
    belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan 
    buyumlar. 
    Asosiy vositalar harakati bilan bog’liq operatsiyalarni avtomatlashtirish 
    (Osnovnie sredstva) vkladkasi orqali amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni hisobga 
    qabul qilish, qayda baholash, ta’mirlash, hisobdan chiqarishga oid ma’lumotlar 
    (Prinyatie k uchetu OS – Oborudovanie- Organizatsiya- Schyot va xokazolar) 
    kiritilib, buhgalteriya hisobini yuritishning uzluksizligi ta’minlanadi.
    11
    Accounting information systems. James A. HALL. 281-bet 


    Asosiy vositalarni qayda baholash Pereotsenka OS ili NMA satriga o’zgartirish 
    kiritish orqali amalga oshiriladi. Bunda Pereotsenka OS ili NMA satri bo’yicha yangi 
    davr uchun ma’lumotlarni yangilash (Dobavit- Zapolnit) buyruqlarini ketma-ket 
    berish orqali amalga oshiriladi.
    Qayta baholashning qaysi turini ko’llash (Koefitsienti gruppi, Zagruzit s sayta 
    www.fides.uz
    ) buxgalter tomonidan tanlanadi.
    Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga 
    olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 
    Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: 
    a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga 
    ishonch bo’lsa; 
    b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa. 
    Asosiy vositalar boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi. 
    Asosiy vositalar korxona balansiga sotib olish qiymati (etkazib beruvchiga 
    to’langan summa) va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog’liq barcha xarajatlarni 


    79 
    o’z ichiga olgan boshlang’ich qiymati bo’yicha kiritilishi lozim. 
    Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
    ro’yxatga olish yig’imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo’lgan huquqni sotib 
    olish (olish) bo’yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
    bojxona bojlari va yig’imlari; 
    asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va 
    yig’imlar summalari (agar ular qoplanmasa) ;
    asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog’liq axborot va 
    maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summalar; asosiy vositalar ob’ektlarini 
    etkazib berish (barpo qilish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
    asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan mukofotlar; asosiy 
    vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; 
    aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan 
    bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. 
    Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga 
    olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning 
    boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi. 
    Sotib olingan asosiy vositalar haqini to’lash bilan bog’liq bank xizmatlari, 
    akkreditiv ochish, xorijiy valyutani o’tkazganligi va konvertatsiya qilganligi uchun 
    bankka vositachilik haqi to’lash bo’yicha xarajatlarni qo’shgan holda, shuningdek 
    shartnomani tayyorlash va ro’yxatga olish xarajatlari asosiy vositalarning 
    boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida 
    xarajatlar sifatida tan olinadi. 
    Agar shartnoma shartlarida sotib olingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki 
    bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, unda mazkur asosiy vositalar 
    buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lashni hisobga olmagan 
    holdagi sotib olish qiymati bo’yicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va 
    to’lovning umumiy summasi o’rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo’lib-
    bo’lib to’lash davri davomida joriy to’lovning kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash 
    bo’yicha to’lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og’irligiga bog’liq holda 
    moliyaviy xarajatlar (foizlar bo’yicha xarajatlar)ga kiradi. 
    Asosiy vositalar sotib olish va ularning harakati bilan bog’liq bir qancha 
    sxemalar mavjud. 



    Download 4,18 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish