O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkent farmatsevtika instituti




Download 261,5 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2020
Hajmi261,5 Kb.
#7712
  1   2   3

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TОSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI



Ro‘yhatga olindi

№____________

201_ yil «_» ______


«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlar bo’yicha prоrektоr

S.U.Aliev _________

«___» __________ 2016 yil





ELEKTROTEXNIKA VA ENERGOTEХNОLОGIYA

FANINING

ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sоhasi: 500000 – Sоg’liqni saqlash va ijtimоiy ta’minоt
Ta’lim sоhasi: 510000 – Sоg’liqni saqlash
Ta’lim yo’nalishi: 5320500 - Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

5510600 - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo′yicha)







Biotexnologiya

Sanoat farmatsiyasi

Umumiy o'quv soati

-85

-60

Jumladan:







Ma'ruza

-18

-18

Amaliy mashg'ulot

-12

-12

Laboratoriya ishi

-6

-6

Mustaqil ish

-49

-24



Tоshkent - 2016

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvоfiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:
Shadmanov K.K. - TFI, Biotehnologiya kafedrasi dоtsenti, k.f.n.

Mahmudov S.D. - TFI, Biotehnologiya kafedrasi assistenti


Taqrizchilar:


X.M.Maxkamov

A.S.Sultanov nomli O‘zbekiston Kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti direktori, kimyo fanlari doktori

H.Sh.Ilhomov

Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani, t.f.n.

Fanning ishchi o’quv dasturi «Biotehnologiya» kafedrasining 2016 yil «____» _________dagi ___ - sonli majlisida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri:____________________f.f.d.M.G.Ismailova

Fannning ishchi o’quv dasturi soha uslubiy kengashida muhоkama etilgan va fоydalanishga tavsiya qilingan. (2016 yil «___» _________dagi «___» -sоnli bayonnоma).


Soha uslubiy kengashi raisi________________ dots.V.R.Haydarov

Fannning ishchi o’quv dasturi «Sanoat farmatsiyasi» fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. (2016 yil «___» _________dagi «___» -sonli bayonnoma).




Fakultet kengashi raisi:_____________ dots. Ilxomov X. Sh.

_____________ Institut Markaziy uslubiy kengash raisi, f.f.n. S.U.Aliev



Kirish
Dastur kimyo, biotexnologiya va farmatsetika korxonalarida ishlatiladigan issiqlik qurilmalari va jarayonlarning tasnifi, texnik termodinamika, issiqlik va modda almashinish jarayonlarining asoslari va issiq yoqilg‘ilarning yonish nazariyasini o‘rgatadi. Xamda elektrik, elektromexanik tizimlar, qurilmalar, elektrt asboblar, elektr jixozlari va elektrik o‘lchashlar nazariyasi batafsil o‘rgatadi. Turli jarayonlarda ularning hisoblash usullari, fan tarixi va rivojlanishining tendensiyasi, istiqboli, hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar natijalari va xududiy muammolarning farmatsevtika va texnologiya sohasida ishlatiladigan energetik vositalari istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi. Bugungi kunda Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, sanoatga yangidan-yangi tehnologiyalarni joriy qilish uchun biz albatta yurtimiz ta'lim tizimida rivojlangan davlatlarda foydalaniladigan eng so'nggi adabiyotlardan foydalanishimiz zarur. Ushbu dasturni tayyorlashda shuningdek fanni o'qitishda talabalarga
Fanning maqsad va vazifalari
Farmatsetik ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan issiqlik va elektr qurilmalari va jarayonlarning tasnifi, texnik termodinamika, issiqlik va modda almashinish jarayonlarining asoslari va issiq yoqilg‘ilarning yonish nazariyasi o‘rganiladi va turli jarayonlarda ularning hisoblash usullari, fan tarixi va rivojlanishining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar natijalari va xududiy muammolarning farmatsevtika va texnologiya sohasida ishlatiladigan energetik vositalari istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi.

Talabalar kimyo farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan issiqlik va elektrik mashinalari, qurilmalari va agregatlari yordamida issiqlik energiyasi hosil qilish, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirib berish, taqsimlash, uzatish usullarini nazariyasi va amaliy tomonlari, yoqilg‘ilar yonish nazariyasi haqida fundamental bilimlarni olish, energetik moslamalarni hisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bilan tanishtirishdir.



Bu fan talabalarni mustaqil ijodiy fikrlashga, energo-texnologik tizimlarni taxlil qilish, olingan natijalarni amalda qo‘llashga, jarayonlarga dialektik nuqtai nazardan yondashishga undaydi.
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
Elektrotexnika va energotexnologiya fanni o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:

  • elektr zanjirlari va ularning elementlari;

  • nochiziqli elektr, elektron va magnitli zanjirlar;

  • tranzistorlar va ular asosidagi sxemalar;

  • elektr mashinalari va elektryuritma asoslari;

  • ochiq sistemalar uchun termodinamika qonunlari, ochiq sistemalarda asosiy jarayonlarning tahlili, energetik qurilmalar va issiqlik yuritgichlari, sanoat pechlari, turbinalar va kompressorlar, yuqori temperaturali issiqlik chiqaruvchi va undan foydalanuvchi qurilmalar, doimiy tok elektr zanjirlari, o‘zgaruvchan tokning chiziqli bir fazali elektr zanjirlari, sinusoidal tokning uch fazali elektr zanjirlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • raqamli elektronikaning arifmetik va mantiqiy asoslarini;

  • avtomatlashtirilgan elektroyuritmalar, yuklash diagrammalari va ularning quvvatini tanlash usullarini;

  • raqamli dasturli boshqariladigan stanoklarning elektroyuritmalarini;

  • issiqlikni ishga aylantiruvchi siklik jarayonlarni, issiqlik-kuch qurilmalarini, sovutish mashinalari va ularning xisobini, sovituvchi agentlar va ularga qo‘yiladigan talablarni, issiqlik nasoslarini, muvozanatsiz jarayonlar termodinomikasi asoslarini, sanoat elektronikasi asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • elektr zanjirlarini modellash;

  • chiziqli tok elektr zanjirlarini hisoblash va tahlil qilish;

elektromexanik tizimlar va boshqa fizikaviy tabiatlar (mexanik tizimlar)ning elektr modellarini tuzish energiya bilan ta’minlash; issiqlik, atom va boshqa turdagi elektrostansiyalarni tahlil qilish, quritish qurilmalari bilan ishlash, ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish; bioenergetika, energiyani olishning biologik manbalaridan oqilona foydalanish; an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalarini qidirib topish; elektr asboblari, elektrik o‘lchashlar, elektr jihozlari; transformatorlar, elektr mashinalarida harakatga keltiruvchi qismlarini ishga tushirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi
“Elektrotexnika va energotexnologiya” fani muxandislik fanlar majmuasiga taaluqli bulib talabalar uni V va VI semestrlarda o‘zlashtiriladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida asosiy jarayonlarni qonuniyatlarini o‘rganishi va qurilmalarni hisoblash usullarini tuzishda kimyo, fizika, fizik-kimyo fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Hozirgi kunda zamonaviy kimyo, farmatsevtika va boshqa sanoatlar fizik kimyoviy xossalari tubdan farq qiladigan xom ashyolarni qayta ishlashda xilma-xil texnologik jarayonlar va eng asosiysi uskunalardan foydalaniladi. SHuning uchun kimyo farmatsevtika sanoatiga alohida talablar qo‘yiladi. “Elektrotexnika va energotexnologiya” fani bakalavr-muxandis-texnologlar uchun asosiy, fundamental fan bo‘lib, u dori vositalari va biologik substansiyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishdagi barcha texnologik jarayonlarning energetik nuqtai nazaridan nazariy asoslarini o‘rgatadi va eng optimal texnologiyalarni va energiyani tejaydigan moslamalar bilan loyihalashtirish uchun zamin yaratadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Elektrotexnika va energotexnologiya” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish hamda yangi informatsion-pedogogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalari: eng oxirigi, yangi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi asbob-uskunalar va apparatlarning tayyor dori turlarini laboratoriya sharoitida tayyorlanish texnologiyasidagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlar mos ravishdagi ilg‘or pedogogik texnologiyalariga ("blits-so‘rov", "stol ustidagi ruchka", "kaynoq kartoshka", "sen menga - men senga", "aqliy hujum" va boshqalar) asosan olib boriladi.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llashda fanni o‘zlashtirish uchun omil bo‘ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. Jumladan, pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik vositalardan keng foydalanish zarur. O‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish lozim.

Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo‘ladigan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mexanizmlari ko‘rsatiladi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan (“Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqalar) tanlab olish imkoniyatidan foydalanish kerak. Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash (Test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish) maqsadga muvofiq

Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan fanga oid o‘quv majmualar beriladi.



“Elektrotexnika va energotexnologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
Elektrotexnika va energotexnologiya” fanidan mashg’ulоtlarning mavzular va sоatlar bo’yicha taqsimlanishi:

Biotehnologiya, Sanoat farmatsiyasi


t/r

Mavzular nоmi

Jami sоat

Ma’

ruza


Labоratоriya va amaliy mashg’ulоti


Mustaqil ta’lim

Biotehnologiya

Sanoat farmatsiyasi

Biotehnologiya

Sanoat farmatsiyasi

Biotehnologiya

Sanoat farmatsiyasi



Energotehnologiya tushunchasi. Tehnik termodinamika asoslari. Termodinamikaning I va II qonunlari. Yopiq sistemalarda termodinamik jarayonlar.

9

6

2

2

2

5

2



Termodinamik tahlilning eksergetik usuli. Eksergiya turlari va uni tashkil etuvchilari. Issiqlik oqimi eksergiyasi.

9

6

2

2

2

5

2



Kompressorlar. Kompressorlar turlari va ularning asosiy parametrlari. Kompressorlarning sovutuvchi agregatlari. Kompressorlarning quvvati.

9

6

2

2

2

5

2



Vakuum hosil qilish. Vakuum sistemalarning tavsiflovchi parametrlar. Bug'larni vakuumli kondensatsiyasi. Vakuum moslamalari.

9

6

2

2

2

5

2



Issiqlik almashinishning nazariy asoslari. Issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish. Nyutonning sovitish qonuni.

9

6

2

2

2

5

2



Bug‘ –kompressorli sovitgich moslamalar va ularning turlari (adsorbtsion, oqimli). Sovuqlik tashuvchilar. Bug‘ kompressorli sovituvchi moslamalarning samaradorligini oshirish.

9

6

2

2

2

5

2



Yoqilg‘i manbalari. Yoqilg‘i tarkibi va asosiy xarakteriktikasi. Yoqilg‘ining yonish issiqligi. Yoqilg‘i eksergiyasi. Yuqori xaroratli issiqlik sarflovchi moslamalar. Qozonlar, pechlar, parogeneratorlar, issiqlik generatorlari.

9

6

2

2

2

5

2



Kimyo farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarini issiqlik bilan taminlash. Issiqlik bilan taminlash tizimlari. Ventilyatsiya. Havoni konditsionirlash.

9

6

2

2

2

5

2



Ikkilamchi energoresurslar. Ularning turlari va foydalanish yo‘nalishlari. Markaziy issiqlik punktlari. Issiqlikdan foydalanuvchi moslamalarga talablar.

13

12

2

2

2

9

8

Jami:

85

60

18

18

18

49

24



Asоsiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asоsiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mоhiyati asоsiy tushunchalar va tezislar оrqali оchib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asоsida etkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab оlinishi kerak.

Asоsiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dоlzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mоsligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimоiy-siyosiy va demоkratik o’zgarishlar, iqtisоdiyotni erkinlashtirish, iqtisоdiy-huquqiy va bоshqa sоhalardagi islоhatlarning ustuvоr masalalarini qamrab оlishi hamda fan va teхnоlоgiyalarning so’ngti yutuqlari e’tibоrga оlinishi tavsiya etiladi.


Ma’ruza mashg’ulоtlari
Energotehnologiya tushunchasi. Tehnik termodinamika asoslari. Termodinamikaning I va II qonunlari. Yopiq sistemalarda termodinamik jarayonlar. Enеrgеtik rеsurslarni tеjash quyidagi yо’nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin:

Tеxnologiyani, jarayonlarni va moslamalarni enеrgеtik zamonaviylashtirish;

Korxonani enеrgеtik boshqarish tizimini zamonaviylashtirish;

Korxonani enеrgiya bilan ta'minlash tizimini samarali boshqarishni yо’lga qо’yish;

Qo’llaniladigan ta’lim teхnоlоgiyalari: dialоgik yondоshuv, muammоli ta’lim. Blis, tezkоr so’rоv, aqliy hujum, munоzara, o’z-o’zini nazоrat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.
Termodinamik tahlilning eksergetik usuli. Eksergiya turlari va uni tashkil etuvchilari. Issiqlik oqimi eksergiyasi. Tеrmodinamikaning 1 – qonuniga asosan sistеmaga o’zo’zidan issiqlik yoki ish paydo bo’lishi mumkin emas. Agarda sistеmada issiqlik paydo bo’lsa, yoki ish bajarilsa, unda muayyan issiqlik ishga (ish issiqlikga) aylangan bo’ladi. Shu qonun mеxanik va issiqlik enеrgiyalarining o’zaro aylanishlardagi ekvivalеntligini bildirib, matеmatik ko’rinishda ifodalanadi.

Qo’llaniladigan ta’lim teхnоlоgiyalari: dialоgik yondоshuv, muammоli ta’lim. Ma’ruza, namоyish etish, savоl-javоb, “Bumerang”, “Klaster”, “Blis-so’rоv”, “Fikrlash хaritasi” , Charхpalak, B.B.B jadvali.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.


Download 261,5 Kb.
  1   2   3




Download 261,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tоshkent farmatsevtika instituti

Download 261,5 Kb.