Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi




Download 0,52 Mb.
bet8/9
Sana04.12.2023
Hajmi0,52 Mb.
#110687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs shi Abdrimova Yulduzxon123
FAVQULODDA VAZIYATLAR HUDUDIDA QUTQARUV ISHLARINI TASHKIL ETISH, Юкори хароратдан курс иши, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, Badiiy tahlil asoslari, Кон аэрологияси, кон транспорти тест(Lotincha), Fizika 2016 variant, praktika 1, 6-mavzu (1), Document (1)

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi


Bolalar eng oldin tanishadigan dastlabki masalalar tabiiyki bolalar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Yig’indini va qoldiqni topishga doir masalalar shunday masalalar jumlasiga kiradi. Bunday masalalar bilan yechishni tanishtirishni parallel olib boorish maqsadga muvofiq.
Bunday masalalarga quyidagi masalalar namuna bo’ladi:



  1. Malika 2 ta qo’g’irchoq va 1 ta koptok rasmini chizdi. Malika nechta o’yinchoq rasmini chizgan?

  2. Shuhrat jo’yakdan 5 ta pomidor uzdi. Tushlikda 3 ta pomidorni yeyishdi. Nechta pomidor qoldi?

  3. Stol ustida 5 ta katak va shuncha chiziqli daftar bor. Stol ustida hammasi bo’lib nechta daftar bor?

Iqtisodiy masalalarning qiyinligi bo’yicha, ikkinchi turi bu sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir. Shu xildagi masalalar namunalari;

  1. Botirda 7 ta Salimda esa undan 3 ta ortiq kitob bor. Salimda nechta kitob bor?

  2. Ozoda 5 ta ertak, Go’zal esa undan 2ta kam ertak o’qidi. Go’zal nechta ertak o’qigan?

  3. Iroda 5 sm kesma chizdi. So’ngra uni 2 sm uzaytirdi. Kesma uzunligi qancha bo’ldi?

  4. Qodirning varrak uchun 10 metrli lentasi bor edi. U lentani 3 metr qisqartirdi. Lentaning uzunligi qancha bo’ldi?

Iqtisodiy masalalarning navbatdagi qiyinroq turi bu noma’lum qo’shiluvchini topishga doir masalalardi. Masalan, taqsimchada 6 ta nok va bir nechta olma bor. Mevalarning hammasi 9 ta. Taqsimchada nechta olma bor? Shundan keyin
sonlarni ayirmali taqqoslashga doir va ,,Nechta ortiq va nechta kam?’’ savoli 2 xil masala keladi. Misol uchun ushbu masalani keltiramiz. ,,Olimda 5 ta, Karimda esa 3 ta o’yinchoq bor. Olimning o’yinchoqlari, Karimning o’yinchoqlaridan nechta ortiq? Shu shartning o’ziga 2 ta savolni bunday ifodalash mumkin. Karimning o’yinchoqlari Olimning o’yinchoqlaridan nechta kam?
Shundan so’ng o’quvchilar noma’lum kamayuvchi va noma’lum ayriluvchi topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtiradi. Bu xil masalalar 1-sinf o’quvchilariga ismsiz sonlar bilan ham, syujetli holda ham taklif qilinadi. Oldin bunday masala yechilishi mumkin. ,,Noma’lum sondan 6 ayrildi va 4 hosil bo’ldi. Noma’lum son nimaga teng?’’
Sundan so’ng syejetli masala yoki quyidagi masalalar yechiladi.



    1. O’tloqda 12 ta g’oz o’tlab yurgan edi. Bir nechta g’oz daraxtlar orasiga kirib ketgandan keyin, o’tloqda 6 ta g’oz qoldi. Nechta g’oz daraxtlar orasiga kirib ketgan?

    2. O’tloqda bir nechta qalam bor edi. Undan 4 ta qalam olingandan keyin qutida 3 ta qalam qoldi. Qutida nechta qalam bo’lgan?

Shundan keyin bolalar bir nechta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar bilan tanishadilar. Ular bu yig’indini qo’shish bilan topadilar.
Bir nechta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalarni yechishda, shu xildagi masalalarni qo’shishdan emas, balki ko’paytirish bilan yechishga o’tadilar. Boshqacha aytganda ko’paytmani topishga doir iqtisodiy masalalarni yechishadi. Masalan: ,,Oshxonada har birida 3 litrdan 4 banka meva sharbati bor. Bu bankalarda necha litr meva bor?’’
Bu xildagi masalalardan keyin bolalar mazmuniga ko’ra bo’lishga doir masalalar bilan tanishadilar. Masalan: ,,Buvida 10 ta sabzi bor edi. U sabzilarni 5 tadan qilib bog’ladi. Necha bog’ sabzi hosil bo’ldi?’’ degan masala mazmuniga ko’ra bo’lish bilan ,, 12 ta qalamni 3 ta o’quvchiga baravardan qilib bo’lib
berishdi. Har qaysi o’quvchi nechtadan qalam oldi?’’ degan masala esa teng qismlarga bo’lish bilan yechiladi.
Qiyinligi bo’yicha masalalarning navbatdagi gruppasi bu noma’lum ko’pytuvchini topishga doir masalalar undan keyin esa noma’lum bo’linuvchi va bo’luvchini topishga doir masalalardan iboratdir. Bolalarga bu xil masalalar bilan bir vaqtda baho, qancha turishi va miqdori orasidagi eng iqtisodiy funksional bog’lanishlardan foydalaniladigan masalalar beriladi. Masalalan: ,,Ikki pachka tuz uchun 14 tiyin to’lashdi. Tuzni qanday bahoda sotib olishgan?’’
Shundan keyin bolalar karrali taqqoslashga doir masalalar bilan tanishdilar. Ushbu masalalar bunday masalalarga misol bo’la oladi. ,, Gulzor ustida 8 ta ninachi va 2 ta kapalak uchib yuribdi. Ninachilar kapalaklardan necha marta ko’p? Kapalaklar ninachilardan necha marta kam?’’ va ,,Oshxonada bir kunda 80 kg kartoshka va 8 kg sabzi ishlatildi. Sabziga qaraganda necha marta ko’p kartoshka ishlatilgan?’’
Shundan keyin 2-sinf o’quvchilari sonni bir nechta martaga kattalashtirish va kichiklashtirishga doir iqtisodiy masalalarni yechish bilan tanishadilar. Masalan:
,,To’tilar 8 ta, kaptarlar esa 4 marta kam. Kaptarlar nechta?’’ va ,,Opasi 9 yoshda, u ukasidan 3 marta katta. Ukasi necha yoshda?’’
Bolalar bilvosita ifodalangan masalalarni katta qiyinchiliklar bilan yechadilar (to’g’ri masalalarga nisbatan), shu sababali hamma xildagi bilvosita ifodalangan iqtisodiy masalalar qiyinroq yechiladi. O’quvchilarni masala sharoitida ishlatiladigan
,,ko’p’’ (ortiq), ,,kam’’ so’zlari orasida amal tanlashlariga yo’l qo’ymaslik uchun bilvosita ifodalangan masalalarni yechishni bevosita ifodalangan masalalar bilan aralashtirib olib borish kerak.



Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi

Download 0,52 Mb.