O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universtiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi




Download 0,52 Mb.
bet5/9
Sana04.12.2023
Hajmi0,52 Mb.
#110687
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs shi Abdrimova Yulduzxon123
FAVQULODDA VAZIYATLAR HUDUDIDA QUTQARUV ISHLARINI TASHKIL ETISH, Юкори хароратдан курс иши, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, Badiiy tahlil asoslari, Кон аэрологияси, кон транспорти тест(Lotincha), Fizika 2016 variant, praktika 1, 6-mavzu (1), Document (1)
1.2 Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari
Masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
1-etap-masala mazmuni bilan tanishtirish; 2-etap-masala yechimini izlash;

  1. etap-masalani yechish;

  2. etap-masala yechimini tekshirish.

Ajratilgan etaplarga bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir etapida ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi.
Har bir etapda ishlash metodikasini batafsil ko’rib chiqamiz.

  1. Masala mazmuni bilan tanishtirish. Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o’qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir. Masalani odatda bolalar o’qiydilar.

Masala matni bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni bilamagan holda, masalani o’qituvchi o’qiydi. Bolalarni masalani to’g’ri o’qishga o’rgatish juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo’nab ketdi’’,
,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’kabi so’zlarga va soni ma’lumotlarga urg’u berib o’qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish. Agar masala tekstida tushunarsiz so’zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan predmetni, masalan, buldozer, o’rish mashinasi va hokazoni ko’rsatish mumkin.
Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o’qiydilar, biroq masalani bitta o’qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o’rgatib borish kerak, chunki bu holda ular masalani ko’proq diqqat bilan o’qiydilar.
Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidaqn keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  1. Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va

izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak.
Qisqa yozuvda ko’zdan kechirish uchun qulay formada kattaliklar berilgan va izlanayotgan sonlar shuningdek masalada nima to’g’risida gap ketayotganini bildiruvchi ba’zi so’zlar, ,,bor edi’’, ,,qo’ydik’’, ,,bo’ldi’’ va h.k. va munosabatni bildiruvchi so’zlar: ,,katta’’(ko’p), ,,kichik’’ (kam) va h.k. yozib qo’yiladi.
Qisqa yozuvni jadval ko’rinishida yoki, jadvalsiz, shuningdek chizma formasida bajarish mumkin. Misollar ko’raylik, 1-masala: Baliqchi 10 ta cho’rtanbaliq, cho’rtanbaliqlardan 8 ta ko’p tangabaliq tutdi. Baliqchi qancha cho’rtanbaliq va tangabaliq tutgan? Bu masalani jadvalsiz qisqa yozib olish maqsadida : Cho’rtanbaliq - 10 dona
Tangabaliq -?,8 dona ortiq

  1. masala. Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg’i sarfladi. Yonilg’i soatiga o’sha normada sarf bo’lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig’i kerak bo’ladi? Bu masalani jadvalda yozib olgan yaxshi.

Yoqilg’i sarf bo’lish
normasi

Ish vaqti

Sarf bo’lgan jami yoqilg’i

Bir xil

6 soat
12 soat

48 litr
?

Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, jadval formada kattaliklarning nomini ham ajratib yozish talab qilinadi.


Ko’p masalalarni chizma yordamida namoyish qilish mumkin: ,,o’quv yilining boshida o’quvchi uchun kostyum, botinka va shapka sotib olindi. Kostyum 2400 so’m turadi. U botinkadan 3 marta qimmat. Xarid qilingan narsalarning hammasi qancha turadi?
Chizma formasida namoyish qilishni kattaliklar qiymatlarining munosabatlari
berilgan masalalarning yechilishida (katta, kichik, shuncha) shuningdek harakat bilan bog’liq masalalarning yechilishida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oxirgi holda harakat qilayotgan jism bosib o’tgan masofani kesma bilan harakat yo’nalishini strelka bilan, harakat qilayotgan jism yo’ldagi punktlarni bayroqcha yoki chiziqcha bilan tasvirlab qabul qilingan, bunda tezlik yo’analishini ko’rsatayotgan, strelkaning tagiga yoki ustiga vaqt esa shu vaqt ichida o’tilgan masofani tasvirlovchi kesmaning ustiga qo’yiladi, yo’lning uzunligi tegishli kesmaning tagiga yoziladi.
Sanab o’tilgan ilyustratsiyalarning har birini bolalarning o’zlari bajarganlari taqdirdagina bu ilyustratsuyalar masala yechimini topishga yordam beradi, chunki faqat shu holdagina ular masalani o’zlari analiz qilishlari mumkin. Demak bolalarni illyustratsiyalarni o’zlari bajarishlariga o’rgatish zarur. Avval yangi turdagi masala bilan tanishtirilayotganda qisqa yozuvchi o’qituvchi rahbarligida bolalarning o’zlari bajarishadi, so’ngra u masala yechimini topishga yordam beradilar taqdirda mustaqil bajarishadi.
Boshlang’ich sinflarda masala yechilishini quyidagi asosiy formalari bor:

    1. Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;

    2. Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish;

    3. Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish.

Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasi.






Masalalar ustida ishlash rejasi

1.

Masalani o’qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini
o’zingiz tasavvur qiling.

2.

Masalada nima ma’lum va nimani topish kerakligini aniqlashtirib
oling. Agar masala tekstini tushunib olish qiyin bo’lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma tayyorlang).

3.

qisqa yozuv bo’yicha har bir son nimani ko’rsatishini tushuntir va
masala savolini takrorlang.

4.

O’ylab ko’r, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo’lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?
Masalani yechish rejasini tuzing.

5.

Yechishni bajaring va javobini yozing.

6.

O’z yechimingizning to’g’riligini tekshirib ko’ring.

7.

O’zingizga “qiziqarli” savollar bering va ularga javob bering.

Shunday qilib biz o’quvchilarni yangi turdagi masalalar bilan tanishtirish metodikasining umumiy masalalarni qarab chiqdik. Bu bosqichda ish o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.





Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universtiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

Download 0,52 Mb.