|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti
|
bet | 2/5 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 14,64 Kb. | | #158440 |
Bog'liq Mavzu korxona mahsulotini tavsiflash-www.fayllar.org1. Tovar qondiruvchi ehtiyojlar
Ehtiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat:
tovarning vazifalari, foydali samarasi;
tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foyda, ikkinchi darajali qo‘llash sohalari (masalan, changyutgichdan binolarni ohaklashda foydalanish imkoniyati);
tovarning o‘ziga xosligi ta’minlovchi omillar.
2. Sifat ko‘rsatkichlari
Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bevosita bog‘liq bo‘ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo. Ayrim sifat ko‘rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig‘indisini xuddi sifat darajasi kabi xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar sifatida o‘lchash zarur.
3. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagilar:
iste’mol narxi;
bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda. Iste’mol narxi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan biorat bo‘ladi:
sotuv narxi;
transport xarajatlari;
o‘rnatish xarajatlari;
xodimlarni o‘qitish xarajatlari;
ekspluatatsiya xarajatlari;
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlari;
soliqlar;
sug‘urta badallari va hokazo.
4. Tovarning tashqi bezalishi
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishi aks ettirish, mahsulot shakli uning funksiyalariga qanchalik javob berishi, material va rang nima asosida tanlanganligi va hkazolarni ko‘rsatish lozim.
|
| |