|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti
|
bet | 1/5 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 14,64 Kb. | | #158440 |
Bog'liq Mavzu korxona mahsulotini tavsiflash-www.fayllar.org
Mavzu: korxona mahsulotini tavsiflash
O’zbekiston Respublikasi Oliy va
O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Urganch Davlat Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
𝐑𝐄𝐅𝐄𝐑𝐀𝐓
Mavzu: KORXONA MAHSULOTINI TAVSIFLASH
Bajardi: 205- guruh talabasi
Aminov Ollashukur
Qabul qildi: Madaminov Inomjon
Urganch-2023
KORXONA MAHSULOTINI TAVSIFLASH
Reja:
1. Korxona mahsulotining komplekli tavsifnomasi va baholanishi
2. Mahsulotni baholash usullari
3. Tovarning hayotiylik davri
1. Korxona mahsulotining komplekli tavsifnomasi
va baholanishi
Korxona mahsuloti (ishi, xizmati) besh tavsifnomaga – sifat darajasi, xususiyatlar yig‘indisi, o‘ziga xos bezagi, marka nomi va o‘ziga xos o‘roviga ega bo‘lishi lozim.
Biznes-rejada mahsulotni tavsiflash bozorga sotuvga kiritilayotgan tovar kabi ifodalanishi lozim. Tovarni o‘z iste’mol qiymati bilan odamlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiruvchi tovar haqida tushuncha ekanligi haqida tasavvur paydo bo‘lishining oldini olish kerak. Tovarning bu xususiyatlari uning bozor tushunchasi sifatidagi xususitlarining yarmini tashkil qiladi, xolos. Ikkinchi yarmi mahsulotni stish va iste’molga tayyorlash, ungi taxnik xizmatko‘rsatish, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, tovar belgisi, o‘rovi va hokazolardan iborat bo‘ladi.
Mahsulotni baholashda taklif qilinayotgan tovarning hayotiylik siklini aniqlash ham muhim ahamiya kasb etadi.
Har qanday tovarning hayotiylik davri ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi va bir qator bosqichlardan (namoyish etish, o‘sish, tarqalish, to‘yinish, so‘nish) iborat bo‘ladi. tovarning bu bosqichlardan o‘tish tezligi bozor kon’yunkturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator holatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Tovarning hayotiylik sikli bosqichlari bo‘yicha oldindan hisoblab chiqilgan va belgilangan tarzda harakatlanishi narx, tovarni tarqatish usullari, reklama, ishlab chiqarish ob’ektlari va tovar harakatlanishi bilan manevr qilish kabi vositalardan foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishga imkon beradi. Ularning barchasi sotuv hajmi va darajasiga, demak, biznes-rejaning moliyaviy natijalariga ha mta’sir ko‘rsatadi.
Tovar uni iste’molchi tomonidan qabul qilish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi zarur. Bu maqsadda tovar haqida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
|
| |