I. KURS ISHINI BAJARISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Avtotransport vositalari korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazasi
tushunchasi.
Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish texnik bazasining asosiy vazifasi-
nisbatan kam moddiy mablag' va mehnat sarflagan holda avtomobillarning texnik
tayyorligini talab darajasida ta'minlashdan iborat.
Ishlab chiqarish texnik bazasiga quyidagilar kiradi:
-imoratlar (ishlab chiqarish, ma'muriy-maishiy, avtomobillar saqlanadigan
yopiq binolar, omborxona va boshqalar);
-inshootlar (jihozlangan ochiq saqlash joylari, korxonadagi yo'llar, yoqilg'i
saqlash va quyish shoxobchalari, suv saqlagichlar);
-kommunikatsiyalar (elektr va aloqa tarmoqlari va boshqalar);
-jihozlar va qurilmalar (ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalari jihozlari
va boshqalar);
-har xil asboblar (o'lchov va hisoblash texnikasi va boshqalar).
ATK larining asosiy fondini avtomobillar va ICHTBni yaratishga sarflangan
mablag' tashkil etadi. Ularning nisbati hozirgi kunda 60% (avtomobillar narxi) va
40 % (ICHTB sarfi)ni tashkil etadi.
ICHTB ning ulushi ortishi bilan avtomobillar texnik tayyorligi, korxonaning
tashish imkoniyati oshadi, TXK va JT xarajatlarining solishtirma qiymati
kamayadi, tashish tannarxi ma'lum chegaragacha kamayadi, so'ng osha boshlaydi,
rentabellik ma'lum chegaragacha oshadi so'ng kamaya boshlaydi.
Mavjud ATK larning ko'pchiligi namunaviy loyihalar asosida qurilgan
ICHTB ga ega.
Hozirgi vaqtda faoliyot ko'rsatayotgan aksariyat avtotransport korxonalari
ishlab chiqarish texnik bazasi bozor iqtisodiyoti talablariga to'liq javob bermaydi,
shu jumladan:
-qurilgan ATKlar parametrlarining yangi avtomobillar parametrlariga to'g'ri
kelmasligi;
-gaz ballonli avtomobillarni ishlatish talablariga javob bermasligi;
-texnologik jihozlar bilan ta'minlanganlik darajasining yetarli emasligi;
-ilmiy-texnik yangiliklar(mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish,
diagnostikalash)ning TXK va JT jarayoniga yetarlicha tadbiq etilmaganligi;
-ishlab chiqarishni boshqarish, ish o'rinlari va ishlab chiqarish ishchilari
mehnatini tashkil qilishning past saviyadaligi;
-ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy xizmat ko'rsatishning yetarli emasligi;
-ishlab chiqarish atrof-muhitga salbiy ta'sir etishi;
-TXK va JT mintaqalari ishlab chiqarish maydonlari bilan yetarli darajada
ta'minlanganligi;
Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish binolari va texnologik jihozlardan
samarali foydalanmaslik, kichik korxonalar uchun ICHTB qiymatini oshirib
yubormaslik, zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo'llamaslik hollari uchraydi.
Avtomobil transporti korxonalari ishlab chiqarish texnik bazasining
rivojlanishi va taraqqiyoti, asosiy fondni tashkil etish vositasi bo'lgan kapital
qurilish bilan uzviy bog'liqdir.
Asosiy fondni keng miqyosda qayta tiklash, yangi korxonalar qurish, mavjud
korxonalarni qayta qurish va kengaytirish va ularni texnik qayta jihozlash shaklida
amalga oshiriladi.
Kapital qurilish, rejalashtirish, loyihalashtirish, ishlab chiqarishning qurilish-
montaj ishlarini va bitkazilgan obyektning loyiha quvvatini o'zlashtirishni o'z
ichiga olgan investitsion jarayon yagona majmuaga tarkibiy bosqich bo'lib kiradi.
Sanoat qurilishiga xos vazifalar avtomobil transporti kapital qurilishiga ham
taalluqlidir. Asosiy fondni yaratish va tezlashtirilgan holda yangilash, ishlab
chiqarish qurilishining kapital sarflari tarkibini takomillashtirish hisobiga uning
samarasini oshirish, obyektlarni ishga tushirish va qurilish muddatlarini
qisqartirish, ishlab chiqarish qurilishini industriallashtirishni davom ettirish,
qurilishning solishtirma tannarxini kamaytirish va sifatini sezilarli oshirish
demakdir.
Har bir konkret holatda kapital sarflarni oqilona va samarali shakli (yangi
qurilish, majud korxonalarni qayta qurish, kengaytirish yoki texnik qayta
jihozlash) ni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatni kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo'nalishlarida
quyidagilar zarur deb belgilangan: kapital sarflarning samarasini oshirish; ularni
qayta tiklash va texnologik tarkibini takomillashtirish; moddiy, moliyaviy va
mehnat resurslarini, avvalambor, mavjud korxonalarni texnik qayta jihozlashga va
qayta qurishga, hamda ilmiy-texnik taraqqiyotni belgilaydigan va ijtimoiy
masalalarni hal qiladigan obyektlarni barpo etishga mujassamlashtirish.
ATK
ning
ishlab
chiqarish
texnik
bazasini
rivojlantirish
va
takomillashtirishga har yili har xil moliyaviy manbalar- davlat budjeti,
korxonalarni rivojlantirish fondlari va kreditlar hisobidan juda katta hajmda kapital
mablag'lar sarf qilinmoqda. Ammo kapital sarflardan foydalanish samarasi yetarli
darajada emas. Bunday holatning sabablaridan biri, resurslarning barcha turlaridan
nooqilona foydalanish, asosiy fondni qayta tiklash har xil shakllari orasidagi
balanslashtirilgan nisbatning yo'qligi bilan bog'liq.
Mavjud ishlab chiqarishni qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta
jihozlashning yangi qurilishdan ko'ra so'zsiz ustunligi aniqlangan.
Birinchi ustunlik -bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari (QMI) ning hajmi va
xarakteridan, tadbiq etilayotgan yoki kengaytirilayotgan ishlab chiqarish
quvvatlarining birligiga to'g'ri keladigan moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa
resurslardan yanada tejamli foydalanishdan kelib chiqadi.
Avtomobil transportiga nisbatan bu ustunlik, asosiy fondni qayta tiklashning
har xil shakllari uchun yiriklashtirilgan solishtirma me'yoriy kapital mablag'larning
qiymatida yaqqol namoyon bo'ladi.
Yangi qurilish sarflariga nisbatan quvvat birligiga to'g'ri keladigan
solishtirma sarflar: kengaytirishda-71...75%, qayta qurishda-41...43%, texnik qayta
jihozlashda-20...21% ni tashkil etadi.
Ikkinchi ustunlik -kapital sarflarni o'zlashtirish muddatlarini sezilarli
qisqartirishdadir. Tajriba shuni ko'rsatayaptiki, o'rta quvvatga ega yangi ATK ni
qurish 3...4 yil davom etadi, ba'zida esa 5...6 yil va undan ko'pga ham cho'zilib
ketadi. Mavjud korxonani kengaytirish va qayta qurish asosiy fondni 2,5...3
barobar tezroq ishga tushirish imkonini beradi. Ishlab chiqarish ishlari muddatining
qisqartirilishi, qurilish materiallari, jihozlar, ishlab chiqarilgan va to'lovlar amalga
oshirilgan, ammo amaliy foyda bermaydigan «tugatilmagan qurilish» nomini olgan
moddiy vositalar va jamoa mehnatini bir necha yilga qotirib qo'yishning oldini
olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, uzoq muddatli qurilish obyektlar va ularning loyihasiga
kiritilgan texnik yechimlar, texnologiya, qurilish konstruksiyalari va h.k. larning
so'zsiz ma'naviy eskirishiga olib keladi.
Uchinchi ustunlik shu bilan bog'langanki, muhandislik-qurilish ishlari kirib
kelish yo'llari, elektr energiyasi tarmoqlari, suv quvurlari, kanalizatsiya, issiqlik
ta'minoti va aloqa bilan ta'minlangan, o'zlashtirilgan maydonlarda olib boriladi.
Bu hollarda hududni obodonlashtirish va yer uchastkasini vertikal rejalashtirish
bilan bog'liq katta hajmdagi yer ishlarini bajarishga zarurat qolmaydi.
To'rtinchi ustunlik, ko'p sonli yangi qurilishlarga xos va doimo uchrab
turadigan, material va mehnat resurslarining tarqalib ketishini oldini olish imkonini
berishidadir.
Va, nihoyat, qayta qurishning ustunliklariga shunday muhim ijtimoiy omilni,
ya'ni, ta'sirchan, manfaatdor kuchga ega, ishlarning bajarish muddatlari va sifatini
nazorat qiluvchi mavjud ATK ning mehnat jamoasi borligini qo'shish mumkin.
Ammo, mavjud ATK ni qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash
faqat birgina ustunliklardan iborat deb hisoblamaslik kerak. Qayta qurish,
kengaytirish yoki texnik qayta jihozlash loyihalarini ishlab chiqish davrida ham
ma'lum qiyinchiliklar uchraydi. Bular yangi rejaviy va texnologik yechimlarni
mavjud hudud o'lchamlariga, ishlab chiqarish binolarining hajmiga joylashtirish
zarurati, loyihani minimal qayta qurish va o'zgartirishsiz ishlab chiqish va shu
bilan birga sezilarli natijalarga erishish bilan bog'liqdir.
Mavjud ATK ni qayta qurish yoki kengaytirishni amalga oshirish bino va
inshootlar bilan to'ldirilgan, mavjud qurilish konstruksiyalariga bog'lanish
zaruriyati bo'lgan, keraksiz to'siqlarni oldirib tashlash, yangi binolarni barpo etish,
yangi oraliqlarni ochish, tarmoq va kommunikatsiyalarni qaytadan o'tkazish kerak
bo'lgan hududda muhandis-qurilish ishlarining murakkabligi bilan bog'liqdir.
Qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish,
so'zsiz ishchi postlarini qayta qurish va qayta jihozlashni, eskirgan texnologik
jihozlarni ko'chirish va yangisini o'rnatishni taqozo qiladi, bu esa ba'zi ustaxonalar
ishini vaqtinchalik to'xtatib turishga va ishlab chiqarishda o'rnatilgan tartibning
buzilishiga olib keladi. Lekin, mavjud ATK ni qayta qurish, kengaytirish va texnik
qayta jihozlash amalga oshirish bilan bog'liq obyektiv qiyinchiliklar, mablag'lar va
vaqtni tejash hisobiga to'liq o'zini qoplaydi.
Avvalo, mavjud ATK ni qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash
loyihalarini ishlab chiqishning maqsadlarini, vazifalarini va o'ziga xosligini bayon
etishdan oldin ATK texnik bazasi rivojlanishining asosiy shakllariga ta'rif berish
kerak.
Mazmunan, ushbu hamma shakllar o'zaro bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldirib
turadi. Yangi qurilishdan tashqari, boshqa shakllar «sof» holda amalda
uchramaydi. Masalan, kengaytirish va qayta qurish ma'lum sharoitlarda qisman
yangi qurilishni ko'zda tutadi. ATK ni kengaytirish amalda mavjud bino va
inshootlarni qayta qurishsiz bo'lmaydi, qayta qurish va texnik qayta jihozlash esa
deyarli har doim ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi.
Yangi qurilish -yangi tashkil etilayotgan ATK asosiy, ma'muriy-maishiy,
texnikaviy ishlarga mo'ljallangan bino va inshootlar majmuini hamda qo'shimcha
ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida yangi qurilish maydonlarida
qurilayotgan mavjud ATK filialini yoki alohida ishlab chiqarishning bino va
inshootlarini barpo etishni ko'zda tutadi.
ATK ni kengaytirish -mavjud korxona hududida, vazifasi asosiy, ma'muriy-
maishiy yoki texnikaviy bo'lgan, yangi bino va inshootlarni (mavjudlariga
qo'shimcha) qurishni, shuningdek qo'shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini barpo
qilish maqsadida mavjud bino va inshootlarning yoniga yoki ustiga qo'shimcha
qurilishni ko'zda tutadi.
ATK ni qayta qurish -texnologik jarayonni takomillashtirish, yangi ilg'or
jihozlarni tadbiq etish, ICHTB faoliyati samarasini oshirish, mehnatning
sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, tabiiy atrof-muhit muhofazasini yaxshilash
bilan bog'liq bo'lgan texnik tadbirlarni amalga oshirish orqali asosiy, ma'muriy-
maishiy yoki texnikaviy, mavjud bino va inshootlarni qaytadan joylashtirishni
ko'zda tutadi.
Kengaytirishdan farqli o'laroq, mavjud ATK larni qayta qurish, odatda bino
va inshootlarning maydonini oshirmasdan amalga oshiriladi.
Mavjud ATK larni qayta qurishda ishlab chiqarish quvvatini oshirish, ICHTB
ni ayrim elementlari orasidagi nomutanosiblikni bartarf etish, ishlab chiqarish
jarayonining mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, ishlab chiqarish ishchilari
sonini ko'paytirmasdan mehnat unumdorligini ko'tarish hisobiga ta'minlanishi
kerak.
Mavjud ATK larni texnik qayta jihozlash -korxona umumiy quvvatini
oshirmasdan, ilg'or texnologik jarayonlarni, yangi zamonaviy jihozlarni, ishlab
chiqarish jarayonini har tomonlama mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
vositalarini tadbiq etish asosida, ishlab chiqarishning yoki ICHTB ayrim
elementlarining samarasini va texnik-iqtisodiy darajasini oshirishga qaratilgan
tadbirlar majmuasini bajarishni ko'zda tutadi.
Texnik qayta jihozlash, ma'naviy eskirgan va fizik yeyilgan texnologik
jihozlarni (yuvish-tozalash, ko'tarish-eltish, stanoklar, payvandlash, bo'yash-
quritish, temirchilik, nazorat-sinov, diagnostikalash va h.k.) almashtirish; tabiat
muhofazasi obyektlarini (oqova suvlar, atmosferaga chiqarilayotgan ifloslangan
havoni tozalash vositalari) modernizatsiyalash; korxonani markazlashtirilgan
issiqlik ta'minoti, elektr-energiya, suv ta'minoti manba'lariga ulash; suvdan
foydalanishning oqavasiz aylanma tizimini tadbiq etish; muhandislik qurilmalari
va kommunikatsiyalarini, isitish va shamollatish tizimlarini qayta o'tkazish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish vositalari va boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimini, elektron hisoblash texnikasini tadbiq etish maqsadida o'tkaziladi.
Texnik qayta jihozlash, agar bu jihozlarni almashtirish, yuk ko'taruvchi
konstruksiyalarni mustahkamlash, to'sinlarni almashtirish, shuningdek, ustaxonalar
va omborlar maydonini kengaytirmasdan qayta rejalashtirish bilan bog'liq bo'lsa,
mavjud bino va inshootlarni qayta qurish mumkin.
Yuqorida keltirilgan takomillashtirish usullarini amalga oshirishdan avval
har bir korxona bo'yicha texnologik hisoblash ishlarini amalga oshirish zarur.
Hisoblashni bajarishdan maqsad avtotransport korxona(ATK)lari, avtoservis
stansiya(ASS)lari yoki servis markaz(SM)larining TXK va JT mintaqalari hamda
ustaxonalari,
omborxonalari,
avtomobillarni
saqlash
joylarining
rejaviy
yechimlarini bajarish uchun zaruriy ko'rsatkichlarni aniqlash hamda mintaqa,
ustaxona, omborxona va saqlash joylari uchun zamonaviy va zaruriy jihozlarni
tanlashdan iborat.
|