Oshxonada xavfsizlikning umumiy qoidalari




Download 71,27 Kb.
bet10/19
Sana19.05.2024
Hajmi71,27 Kb.
#243837
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
D Mavzu Mehmonxonalarda innovatsion bronlashtirish va rezervlas

Oshxonada xavfsizlikning umumiy qoidalari
• elektr uskunalariga ho‘l qo‘llarni tekkizmaslik;
• pichoqlar quruq, sirhalmaydigan dastasi bilan o‘tkir bo‘lishi lozim, pichoqni kastryulkada, stol chetida yoki tayyor taom tagida qoldirib ketish mumkin emas, tushib ketayotgan pichoqni tutib olishga harakat qilmaslik lozim (undan chaqqonlik bilan chetlanish lozim);
• oshxona bo‘ylab yugurish mumkin emas;
• agar suyuqlik polga to‘kilib ketsa, u darhol yig‘ishtirib olinishi lozim;
• javonlar eshiklarini ochiq holda qoldirish mumkin emas;
• polga nimadir qo‘yish mumkin emas;
• tozalovchi va dezinfektsiyalovchi vositalar tegishli yozuvi bo‘lgan maxsus joylarda saqlanishi lozim;
• yig‘ishtirish bo‘yicha aniq yo‘riqnoma bo‘lishi lozim (nimani, qanday, nima bilan, qachon tozalash);
• plita ustida biron narsani quritish mumkin emas;
• kiyimlar englari uzun bo‘lishi va tanaga etarlicha zich yopishib turishi kerak;
• restoranda yonib turgan shamlar, stol lampalarining osilib turuvchi shnurlari, gilamlardagi yirtiq teshiklar, nosoz elektr uskunalar xavflidir, stakanlarni bir-birining ustiga qo‘yib tashish va hokazolar mumkin emas.
Quyidagi umumiy qoidalarga ham rioya etilishi lozim:
  • personal yonqin sodir bo‘lganda evakuatsiya yo‘llarini va o‘t o‘chirish vositalari joylashgan erni bilishi lozim;


  • yonqin sodir bo‘lganda bu haqda tegishli xizmatlarga xabar qilish va avval mijozlar, keyin esa personalni evakuatsiya qilishga kirishish lozim, evakuatsiya chog‘ ida liftdan foydalanish mumkin emas;


  • yong‘indan ogohlantirish signalizatsiyasi ishlab ketganda asbob-uskunalarni o‘chirish, deraza va eshiklarni yopish, evakuatsiyalanish lozim.


Mahsulotlarni xarid qilish va saqlash. Xarid qilayotganda banketlar taomnomasi (ular buyurtma qilingan bo‘lsa) va kutilayotgan ish yuklamasi har kuni o‘rganiladi. Asosiy mahsulotlar zahiralar tugashiga qarab bir oyda 2-3 marta xarid qilinadi. Go‘sht (chopilmagan) har kuni, ammo foydalanishdan 3 kun oldin sotib olinadi, negaki u oldindan ishlov berishni talab qiladi (ayniqsa banketlar uchun), parranda go‘shti va yangi baliq kerakli kuni, muzlatilgan baliq esa oldindan sotib olinadi. Xarid qilinadigan tovarlar miqdorini bosh oshpaz belgilaydi.Kelib tushgan tovarlar tekshiriladi va ro‘yxatga olinadi, bunda ayni paytda bugun ishlatiladigan mahsulotlar va omborga jo‘natiladigan mahsulotlar alohida-alohida qayd etiladi. qutilarda suvaraklar bor-yo‘qligi ham tekshiriladi. Ombor bosh oshpaz imzolagan talabnomalarni qabul qiladi, omborchi narx yozib qo‘yadi va ularni nazoratchiga jo‘natadi. Oyning so‘nggi kunida inventarizatsiya o‘tkaziladi, olingan natijalar bir oydagi talabnomalar bilan taqqoslanadi.Omborchi bosh oshpaz imzolamagan talabnomasiz biron narsani berib yubormasligi shart.Zahiralardan eng avvalo uzoq vaqt saqlanib yotgani berib yuboriladi. Bunda bu zilish va saqlashdagi ortiqcha xarajatlardan minimal darajada saqlanishi lozim.



Download 71,27 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Download 71,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oshxonada xavfsizlikning umumiy qoidalari

Download 71,27 Kb.