1.3.Mehmonxonalarda tozalash ishlarini amalga oshiruvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablar va standartlar.
Xodimaning ishga tayyorlanishi yig‘ishtirish ishlarini o‘tkazish me’yorlari:
xodima o‘z ish kuni boshlashi uchun tegishli ko‘rinishga ega bo‘lishi va bir qator zarur xatti-harakatlarni qilishi zarur;
forma kiyishi, poyafzalini kiyishi lozim;
katta xodimadan xonalar va yig‘ ishtirish ishlari ko‘rsatilgan ro‘yxatno olishi zarur;
xona kalitini olishi;
inventarnining mavjudligi va holatini tekshirishi;
toza choyshab, yostiq jildi va boshqalarni olish;
reklama materiallarini olish;
Mehmonxona - bu uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bo‘lganligi sababli unga yuqori darajali sanitariya-gigiyenik talablar qo‘yilgan.
Barcha sanitariya meyorlariga rioya qilgan xolda yuqori darajali tez tozalash amalga oshirish uchun mehmonxonada:
yuqori malakali professional tayyorgarlikka ega xodimlar;
zamonaviy tozalash materiallari va invetarlar;
zamonaviy tozalash mashina va mexanizmlariga ega bo‘lishi kerak.Tozalash ishlarini olib borish jarayonida vaqtni to‘gri taqsimlash juda muximdir.Bu yerda tez va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan ko‘p kuch sarflanib bajarilishi shart. Tozalash ishlarini olib borish jarayonida bir nechta muxim prinsiplar mavjud:
qavat xodimi mehmonning "ko‘ziga kamroq ko‘rinishi";
tozalash invertantlari va asboblarini umumiy foydalanish joylariga qoldirilmasligi;
tozalash ishlari vaqtida farroshlar, xona bekalari shaxsiy ishlariga chalg‘ imasliklari kerak.
Ushbu prinsiplarni bajarilishi mazkur mehmonxonada madaniyat darajasini belgilovchi mezondir.
Tozalash ishlarini quyidagi kategoriyalarini ajratish mumkin:
mehmonxonaga tegishli territoriyani tozalash;
markaziy kirish joyi va vestibyulni tozalash;
umumiy foydalanish joylarini tozalash(zina, koridor, xoll, mamuriy va qo‘shimcha inshootlar);
nomer fondini tozalash (xona va sanuzel).
Barcha tozalash ishlarini nomer fondiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishchilari amalga oshiradi. Har xil kategoriya ishchilarini bir-biri bilan almashtirish zarur bo‘lganda, raxbar buyrugi asosida amalga oshirish mumkin. Nomer fondiga xizmat ko‘rsatish bo‘limining direktor o‘rinbosari mehmonxonadagi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishini tashkillashtirishtiradi.
|