Ekspress tozalash ishlari:
nomerdan musorlarni olib chiqish;
idish-tovoqlarni yuvish;
ovqatlanayotgan stollarni artish;
karavotni yig‘ ishtirish va boshqatdan solish;
sanuzelni tozalash, rakvina, vanna, unitazlarni yuvish;
vannani tozalash;
sachoqlarni almashtirish;
polni yuvish.
Umumiy foydalanish joylarni texnologik tozalash.Vistebyul, pollar, koredor, garderob, administrator xizmati, yordamchi xizmat xonalar, zinapoyalar umumiy joylarga tegishlidir.
Bu joylar odamlar ko‘p foydalaniladiganidan ajralib turadi. Shuning uchun ular tong sahar yoki kechqurun tozalaniladi.
Kun bo‘yi kir bo‘lib qolgan joylarni tozalash.
pollarni artish va tozalash;
oyna, eshiklarni artish;
idishlardan musorlarni tozalash;
gul tuvaklarni tozalash;
stollarni artish;
Xonalarni shamollatib, changyutgich yordamida changlarni tozalash zarur.Har hafta mebellarni tozalash kerak. Oyda bir marta eshik, batareyalar, devorlar, rasmlar, chiroqlar tozalanadi.Har 2 oyda bir marta devor tomi tozalanadi. Karnizlar artiladi.Yiliga ikki marta oynalar yuviladi (baxor va kuzda).Kun bo‘yi mehmonxona xodimlari tozalikni nazorat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot.
Xonada ishlaydigan xodimaga quidagilar man etiladi:
xonada qamalib o‘tirish;
televizor ko‘rish;
musiqa eshitish;
xonaning sanuzelidan foydalanish;
xonada chekish;
xonada ishsiz o‘tirish;
mehmon bilan o‘tirish;
aravachasini yo‘lakda yoki xonada qoldirish;
|