|
ATM tizimlarida sarlavhadagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish
|
bet | 61/122 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #124384 |
Bog'liq Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi-fayllar.org (1)ATM tizimlarida sarlavhadagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish. ATM tizimlarida sarlavhadagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish uchun BChX davriy kodlaridan samarali foydalaniladi. BChX kodlaridan tashqari shuningdek, aloqa kanallaridagi xatolarning turlariga ko‗ra, hamda to‗yinganlik darajasiga bog‗liq holda turli kombinatsiyadagi xatolarni bartaraf eta oladigan boshqa kodlar ham qo‗llaniladi. Xatoning turi axborot yetkazish usuli va kanalning fizik hususiyatiga ko‗p tomonlama bog‗liq bo‗ladi.
ATM texnologiyalarida xatolar oqibatida asosan ―ko‗payish effekti‖ deb ataluvchi xatolarni yo‗qotish jarayoni yuzaga keladi. Bu effektda sarlavhadagi xatolar oqibatida axborot paketi boshqa bir qabul qiluvchiga yetib borishi mumkin. ATM yacheykasi sarlavhasini himoya qilish uchun BChX kodlarini qo‗llash eng samarali hisoblanadi. Bu kodlar n, k, t belgilarini cheklangan miqdorda bosish orqali xatolarni bartaraf etishdagi keng ko‗lamdagi imkoniyatlariga ega.
ATM yacheykasi. ATM yacheykasida sarlavha 5 oktetni tashkil qiladi. Xatolar nazorati maydoniga 8 bit ajratilgan. Bu 89% ko‗p bitli xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun yetarli hisoblanadi. ATM yacheykalarining har bir o‗tkazuvchisi sarlavhaning birinchi to‗rtta okteti uchun sarlavhadagi xatolar nazorati maydoni belgilarini hisoblaydi va natijani beshinchi oktet (sarlavhadagi xatolar nazorati maydoni)ga o‗tkazadi. Maydon belgisi (mod 2 bo‗yicha) x8 ko‗paytuvchisining yacheyka sarlavhasi tarkibi (sarlavha nazorati maydonisiz) x8+x2+x+1 ga taqsimoti qoldig‗i sifatida aniqlanadi. O‗tkazuvchi qurilmasi bu qoldiqni hisoblaydi va unga mod 2 bo‗yicha 01010101 belgilangan kombinatsiyani qo‗shadi. Xuddi shu yig‗indi sarlavha xatolar nazorati maydoniga yoziladi. Yuqorida ko‗rsatilgan barcha jarayonlar adaptiv mexanizm yordamida ATM yacheykalar qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ishga tushirilgandan so‗ng qabul qilgich to‗g‗irlash rejimida turadi. Agar bir bitli xato aniqlansa, u holda yacheyka o‗chiriladi. Ikkala holatda ham qabul qilgich detektirlash rejimiga o‗tadi. Qabul qilgichning bunday holatida sarlavhadagi yakka yoki ko‗p xatolar aniqlangan har bir yacheyka
o‗chiriladi. Agar sarlavhada xatolar topilmasa, u holda mexanizm to‗g‗irlash holatiga o‗tadi.
|
| |