• Hot Potatoes
  • Hot Potatoes
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

     
    NАZОRАT SАVОLLАRI: 
    1. Axborot va texnologiya tushunchalarini izohlang. 
    2. Axborot texnologiyasiga ta’rif berimg. 
    3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini tasniflang. 
    4. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’llarini ayting. 
    5. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga misollar keltiring. 
     
     
     


    61 
    AMALIY MASHG’ULOT № 3 
    Hot Potatoes dasturida horijiy tilni o‘rgatuvchi mashqlar yaratish:
    JQuiz; JCloze; JCross; JMatch; JMix va Masher bilan ishlash. 
     
    Ishdan maqsad: Talabalarga Hot Potatoes dasturida ishlash, ulardan samarali foydalanish va 
    ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini 
    amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
    Zamonaviy texnik imkoniyatlarning rivojlanishi o‘qitish texnologiyalarini, kursantlarning 
    bilimini baholashning tezkor usullarini, jumladan elektron test va topshiriqlarni zamonaviy 
    ko‘rinishlarnini o‘rganish va tatbiq qilishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda elektron o‘quv 
    resurslarini yaratishga, o‘quvchilarning bilimini tezkor va aniq baxolashga yo‘naltirilgan xalqaro 
    standartlarga javob beruvchi dasturiy vositalar mavjud. Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterning 
    dasturiy vositalari vamul’timediya imkoniyatlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
    vositalaridaninsonlar kasbiy faoliyatlarida samarali foydalanmokdalar.SHunday amaliy 
    dasturlardan biri 
    Hot Potatoes 
    dasturidir.
    Hot Potatoes
     (o‘zbekcha. Issiq kartoshka) instrumentalqobiq dastur bo‘lib, matn, grafik, 
    ovoz va video yordamida o‘ndan ortiq turli xil interaktiv topshiriqlarni yaratish imkonini 
    beradi.Hot Potatoesning instrumentlar bazasi yordamida elektron testlar va nazorat ishlarini 
    yaratish professor-o‘qituvchilar uchun amaliy ko‘rsatma hisoblanadi. Hot Potatoes dasturi 
    yordamida o‘qituvchi kompyuterda ishlash uchun minimum bilimga ega bo‘lib ham turli qiyinlik 
    darajasidagi elektron topshiriqlarni tezkorlik bilan tayyorlash imkoniga ega bo‘ladi.SHuningdek, 
    dasturyordamidaistalgan tilda zarur predmet bo‘yicha 10 turdagi topshiriqlarnimatn,rasm, audio 
    va video ma’lumotlar bilan birga ishlatish va arxivlarni yaratish kabi qo‘shimcha imkoniyatlari 
    ham mavjuddir.YAratilgan topshiriqlarni bajarish uchun ta’lim oluvchilarga faqat Web brauzer 
    kerak xolos.
    Mazkur dastur o‘qituvchilarga dasturlash tillarini bilmagan holda elektron topshiriqlar va 
    testlarni tuzish imkonini beradi. 
    Hot Potatoes dasturi Kanadadagi Viktoriya universiteti axborot texnologiyalar markazida 
    ishlab chiqilganbo‘lib, hozirgi kunda ixtiyoriy fanlarni o‘rgatish va o‘qitishda butun dunyoda 
    keng qo‘llaniladi. 
    Hot Potatoes dasturi davlat tashkilotlari va pullik bo‘lmagan barcha ta’lim muassasalari 
    uchun tekin hamda ushbu dastur yordamida ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar internet 
    tarmog‘ida ochiq foydalanish imkoniyati bo‘lishi sharti bilan tekin taqdim etiladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish