|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiBog'liq UMK-AT-Nasirova-Sh.N.Robotexnika
Ma’lumki “robot” so‘zi bizning so‘z boyligimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan.
Birinchi bor bu so‘zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan.
Ammo “mexanik odamlar” undan oldinroq ham ma’lum edi. O‘rta asrlarda inson talantlariga ega
bo‘lgan musiqachi-qo`g`irchoq yoki rassom-qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lganligi ma’lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og‘ir va zarrarli mehnatdan ozod etadigan
robotlar paydo bo‘ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo‘lmasa-da, ko‘plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar.
Masalan, “O‘z DAEWOO avto” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil korxonasida turli
ishlarni bajaradigan robotlar keng qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po‘lat quyish sexlarida, kimyoviy
laboratoriyalarda, qurilishda keng qo‘llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi
texnikaning maxsus shoxobchasi – robototexnika paydo bo‘ldi.[6.7]
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar o‘ta sezgir
va kuchli mexanik qo‘ldir.
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning “miyasi”dir, ular
telekameralar orqali “ko‘rib”, mikrofonlar yordamida “eshitadilar”, ya’ni axborot qabul qiladilar.
Maxsus datchiklar “sezgi” organi vazifasini o‘taydi.
Ishlab chiqarish sohasi.
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo‘llanilib kelmoqda.
Kompyuterlar ko‘pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi maxsulot
chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo‘lib chiqqunga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni
avtomatlashtirish mumkin. Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli
o‘zgartirishlar yasab, qog‘ozga chop etishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli
barcha qurilma imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqa ishlar
bajarishda kompyuter beg‘araz yordamchidir.
Mahsulot ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterlardan ishlab chiqarish liniyalariga
yetkaziladi. U yyerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur
asosida mahsulotni yig‘a boshlaydilar. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib,
omborlarga jo‘natiladi.
|
| |