55
Smart-soatlar bozorining ko‘p qismini Apple egallamoqda
Keyingi vaqtlarda Internet manbalari axborotlari bo‘yicha fikr yuritilsa, smart-soatlar
yangi trendga aylanganligini ko‘rish mumkin. Pebble bir necha bor Kickstarterda rekord
o‘rnatgandi va o‘z yechimlarini turli yirik kompaniyalarga taqdim etgandi. Biroq iste’molchilar
gadjetni sotib olishga ko‘p ham intilayotganlari yo‘q.
Jahon bo‘ylab Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydigan 100 ming dona soat sotib
olinishi uchun yarim yil vaqt talab etildi. Samsung, LG va Motorola kabi yirik kompaniyalar
mazkur OT bilan o‘z yechimlarini taqdim etmoqda, faqat Samsungning o‘zi ko‘p sonli Android
Wear «aqlli» soatidan sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragida turli operatsion
tizimlar ostida ishlaydigan million dona qurilma sotilgandi. Barcha sotilgan mahsulotning 70
foizi Samsungga to‘g‘ri keldi. Bu yil ikkinchi chorakda bozorda Apple yetakchilik qildi va uch
oy mobaynida 4 mln. dona gadjetni sotishga muvaffaq bo‘ldi. Samsung 400 ming qurilma
sotishga erishdi, qolgan ishlab chiquvchilar esa — jami 900 ming dona sotishga muyassar
bo‘ldilar. Shu tariqa, kupertinliklar bozorninng 75,5 foizini egalladilar, Samsungning ulushi esa
bir yil oldingi 74 foiz ko‘rsatkichidan 7,5 foizga tushib ketdi. Bu Apple Watchning keng
ommaviylashuvi va iste’molchilar mazkur mahsulotni sotib olishga qiziqmayotganliklariga
bog‘liq. Bozor yil mobaynida 457 foizga o‘sdi. Bu smart-soatlarga qiziqish kuchaygani uchun
emas, balki Apple hisobiga sodir bo‘ldi.
Manba: www.onegadget.ru