Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Evropa
Universitetlari bilan bo`lgan hamkorligi bo`lishi mumkin.
Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo`lgan munosabatlariga
o`xshash. Bu modelda bitta universitet o`quv kurs, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir
nechta universitetlar o`quvchilarni ta'minlaydi.
Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar
keng foydalaniladi. Bitta o`quv muassasada bo`lib o‘tgan o`quv kurslar videokonferentsiyalar,
radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron teleko`rsatuvlar
ko‘rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu
modelda o`quvchilar kunduzgi ta'limda qatnashmaydi.
Bu modelga misol qilib AQSHning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning
markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta'limni olish mumkin.
Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish
uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta'lim mutaxassislari va pedagoglar to‘plangan
ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga
namoyish qilinib uz vazifasini bajargandan keyin to‘xtatiladi.
Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan
mamlakatlarida o`tkazilgan qishloq xujaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi o`tkazilgan
har xil kurslar bo`lishi mumkin.
Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari.
Masofaviy ta'limning metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlar va afzalliklari, hamda kamchilik
va salbiy tomonlari mavjud.
Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv jarayoniga qatnashishi
mumkin.
47
• Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va
boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.
• Qulay o`qish tempi. Ta'lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi.
• Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga
mos holatda tashkil qilish mumkin.
• Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash va
undan foydalanish imkoniyati.
• Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish imkoniyati.
• Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.
Forum — saytda suhbatlashish uchun uskuna. Forumdagi xabarlar pochta xabarlariga
nimasi bilandir o‘xshash, ularning har bin muallifga, mavzuga va xususiy mazmunga ega.
Ammo xabarni forumga yuborish uchun hech qanday qo‘shimcha dastur kerak emas,
shunchaki, saytda tegishli shaklni to‘ldirish kifoya.
LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil etishning
asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalar qatoriga o`quvchilarning
(o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro`yxatga olish,
foydalanuvchilarni o`quv kurslardan Chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olish
muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki guruh bo`lib,
hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va
ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat
turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni
topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa
turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so`rovlarni tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim
darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot
resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import
qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar (tyutorlar), kurs
yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan
tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga
kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi,
tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish
imkoniyati, o`qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan
elektron o`quv-resurslarini yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa
standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa
o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar
yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish,
o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar
yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni
boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin.
Quyida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va
ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha
ma’lumotlarni bayon qilamiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi
hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish modullari:
Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa
modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo`llab-quvvatlaganligi sababli, internet
orqali jismoniy nuqsonga ega bo`lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan
foydalanishlari mumkin. Xususan, ko`zi ojiz talabalar maxsus web-ilovalar orqali tizimga
bog`langan holda o`quv kontentdagi so`zlarni audio formatga o`tkazgan holda tinglashi
mumkin.
Chamilo – tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging,
IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim kross-platformali hisoblanib,
barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda
kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum
48
kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi
orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi.
Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan,
hozirgi kunga kelib qolgan LMS tizimlarida mavjud modullarga qo`shimcha bo`lgan ochiq
muloqot va videokonferensiya tashkil etish hamda taqdimot yaratish imkoniyatlari
modullari ishlab chiqildi.
|