46
Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o`quvchilar
bilan ishlash
uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o`quv dasturi va darslar jadvali,
imtixonlar va ularni
baxolash mezonlari mavjud. Shunday o`quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni
masofaviylarga qaraganda ko`p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika
va uslubiyotdagi yangi
yo`nalishlarni izlanishlarida qullaniladi.
Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi ta'limni olish
mumkin.
Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini
integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O`quvchilar o`quv kursning bir qismini kunduzgi,
boshqa
qismini esa masofadan o`qiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual seminar,
prezentatsiyalar va lektsiyalar o`tkazish ham kiradi.
Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi
(http://www.massey.ac.nz) ta'limni olish mumkin.
Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi.
Ushbu muassasalardan biri o`quv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa,
ikinchisi esa
ularni tasdiqlab, kurslarga o`quvchilarni ta'minlaydi.
Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki
universitet o`rnida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu
modelda o`quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif
xuquqlarini tekshirish
zarur bo`ladi.
Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O`quv Agentligidagi
(http://www.ola.bc.ca) ta'limni olish mumkin.
Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o‘zlari yaratgan o`quv
kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida etakchi bo`lgan o`quv muassasa bu
sohada ilk qadam qo‘yadigan muassasaga o‘zining o`quv kurslarni takdim qiladi.
Ushbu
modelda ikkala muassasa o`quvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi.