• Добавить курс sahifasi
  • Kurs yaratish va uni sozlash




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

    Kurs yaratish va uni sozlash.
    Kurs yaratish uchun tegishli kategoriya tanlanadi va Добавить курс tugmasi
    Ko`rib turganimizdek, Добавить курс sahifasi sakkizta bo`limdan iborat bo`lib, uning 
    to`ldirilishi zarur bo`lgan asosiy maydonlari quyidagilar hisoblanadi:
    1. Общее
    Полное название курса * – Kurs (fan)ning to`liq nomi. Foydalanuvchilar mazkur nom 
    bo`yicha kursdan foydalanishadi;
    Краткое название курса * – Kurs (fan)ning qisqa nomi. Tizim mazkur nom bo`yicha 
    kursdan foydalanishadi;
    Категория курса – Kurs tegishli bo`lgan kategoriya;
    Доступность – Agar bu maydon Ko`rsatish qiymatiga teng bo`lsa, mazkur kurs
    kurslar ro`yxatida namoyon bo`ladi. Aks holda esa, kurs yashirin holatga o`tadi;
    Добавить курс sahifasi 
    Дата начала курса – mazkur maydonda ko`rsatilgan sanadan boshlab kurs 
    faollashadi. Berilgan sanagacha kursdan foydalanib bo`lmaydi;
    Идентификационный номер курса – bu maydonga kursning ID raqami kiritiladi. ID
    raqam faqat butun sonli qiymatni qabul qiladi. ID raqami Moodle tizimining ichki 
    funksionaligini oshirish uchun foydalaniladi.
    2. Описание
    Описание курса – bu maydon kurs haqida qisqacha kirish so`zlari bilan to`ldiriladi;
    Файлы описания курса – bu maydonga kurs mazmuni bilan aloqador bo`lgan
    fayllarni yuklash mumkin. Yuklangan fayllar asosida talabalar yaratilgan kurs haqidagi 
    barcha ma’lumotlarga ega bo`lishlari mumkin.
    3. Формат курса
    Формат – Kurs formati maydoni yaratilayotgan kursning shaklini belgilab beradi.
    Kurslar bir elementli, haftalar bo`yicha hamda mavzular bo`yicha turkumlangan bo`lib, bir 
    kurs uchun ulardan faqat bittasini tanlash mumkin bo`ladi. Odatda, kurs shakli mavzular 
    bo`yicha bo`lingani tavsiya etiladi;
    Количество разделов – kurs mavzulari yoki haftalari soni bo`lib, mazkur qiymat 0 va 
    52 oralig`ida bo`lishi kerak. Mavzu yoki haftalar sonini kurs bilan ishlash, qo`shish yoki 
    o`chirish mumkin;
    Отображение скрытых разделов – yashirin bo`limlarning ko`rinmasligini ta’minlash
    uchun ushbu maydondan Полностью невидимы qiymatini tanlash kerak;


    49 
    Представление курса – ushbu maydon o`zida ikki xil qiymatni qamrab olgan bo`lib,
    ular Показывать все разделы на одной странице va Показывать один раздел на 
    странице. Birinchi qiymatni tanlash orqali kursning barcha mavzulari bir sahifada joylashadi.
    Ikkinchi qiymatini tanlash orqali esa har bir mavzu alohida sahifada aks etishini
    ta’minlashi mumkin.
    4. Внешний вид bo`limida kurs uchun foydalanuvchi til, sahifada yangiliklarning soni, 
    talabalarning baholari ko`rsatilishi kabi sozlash ishlari bajariladi.
    5. Файлы и загрузки bo`limida yuklanuvchi fayllarning maksimal hajmi belgilanadi.
    6. Гостевой доступ bo`limi kursga mehmonlarning kirishi uchun parol qo`yish imkonini 
    yaratadi. Bu bo`limga parol qo`yilganda, kursdan faqat parolga ega bo`lgan talabalar 
    foydalanishlari mumkin bo`ladi.
    7. Группы bo`limi orqali mazkur kursdan qaysi guruh a’zolari foydalanishi 
    mumkinligi belgilanadi.
    8. Переименование ролей bo`limi foydalanuvchi guruhlarining nomi faqat ushbu kursga 
    moslab qayta nomlash imkonini yaratadi.
    Yuqoridagi bo`lim va maydonlardan * belgisi mavjudlarini to`ldirish majburiy hisoblanadi. 
    Qolgan bo`lim va maydonlarni to`ldirish kurs yaratuvchisining xohshiga bog`liq bo`ladi.
    Maydonlar kerakli ma’lumotlar bilan to`ldirilgandan so`ng Сохранить и вернуться 
    tugmasini bosish orqali kurs yaratiladi va oldingi sahifaga qaytish mumkin bo`ladi. Сохранить 
    и показать tugmasini bosish orqali esa yaratilgan kurs sahifasiga o`tish mumkin bo`ladi. Kurs 
    yaratishni bekor qilish uchun esa Отмена tugmasi bosiladi. Yaratilgan Веб дизайн kursi 
    quyidagi rasmda keltirilgan:

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish