41
7-MAVZU. INTERNET TA’LIM UCHUN WEB -MAYDONCHALAR:
MUSTAQIL TA’LIMNING ASOSIY ELEMENTI SIFATIDA
REJA:
1) Google va Microsoft vositalari va xizmatlaridan foydalangan holda o‘quv
jarayonini
va axborot ta’lim maydonini loyihalash.
2) Veb muhitida Google apps (Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron jadval,
taqdimotlar, grafik muharirlari), Google taqvim (kalendar), Google Hangouts (messenjer)
Google+, Google Blogger (saytlar yaratish) va Google Scholar orqali o‘quv jarayonini
tashkillashtirish va boshqarish).
3) coursera.org va khanacademy.org distant ta’lim portalarida sifatli va bepul ta’lim
olish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim”
metodi, Klaster.
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2;
Kompyutеr tarmoqlarini ularning gеografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab
bir nеchta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir
nеchta yaqin binolardagi
komp'yutеrlarni o`zaro boqlagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyutеrlarini va
lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki tеlеkommunikatsiya kanallari orqali o`zaro bog`lagan
tarmoqlar.
Global tarmoqlar – o`ziga
butun dunyo kompyutеrlarini, abonеntlarini, lokal va
mintaqaviy tarmoqlarini tеlеkommunikatsiya (kabеlli, simsiz, sun'iy yo`ldosh) aloqalari tarmog`i
orqali bog`lagan yirik tarmoq.