• TAYANCH IBORALAR
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

     
    NАZОRАT SАVОLLАRI: 
     
    1. Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge)ni izohlang. 
    2. Tovush fayl formatlarini zichlashtirish qanday amalga oshiriladi? 
    3. Raqamli video tushunchasini tushuntirib bering..
    4. Windows OT muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlarni keltiring 
    5. Windows OT muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlardan 
    foydalanishni tushuntirib bering. 
    6. Videomontaj va effektlar bilan ishlashni tishuntirib bering.
    7. Ulead Video studio dasturida ishlashni tasniflang. 
    8. Ulead Video studio dasturida ishlashdan samarali foydalanish yo’llari qanday?
    9. Ulead Video studio dasturida ishlashning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar bering. 
    TAYANCH IBORALAR: 
    Kompyuter, dastur, Camtasia Studio, Adobe Captivate, mikrofon, qurilma, tasvir, 
    jarayon, ovoz, vektor formati(SWF), audio materiallar, montaj qilish, qayta ishlash, effekt, 
    tozalash, ovozni sozlash, audio fayl, format, wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, rm, Sony 
    SoundForge, Fruity Loops, GoldWave, WaveLaB. 
     
     
     


    38 
    6-MAVZU. O‘QUV WEB-KONTENTLARI YARATISHNING
    DASTURIY VOSITALARI 
    REJA: 
    1) O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya va interaktiv texnologiyalardan 
    foydalanish.
    2) Web-1, WEB 2.0 va WEB 3.0 texnologiyalari, veb-servislar, AJAX, veb-sindikatsiya
    (RSS va Atom texnologiyalari asosida), veb mash-up (iste’molchi meshaplar, ma’lumotlar 
    meshapi, biznes-meshaplar), teglar, folksonomiya, Popfly Space, Microsoft Silverlight.
    3)Off line rejimda (WYSIWYG Web.Builder va WebSite X5 Free veb muharrirlar)
    shablonlar yordamida saytlar yaratish. On line da WordPress dasturi yordamida saytlar 
    yaratish, publikatsiya qilish.
    4) Saytning ko‘rinishiga ishlov berish. Saytning ustki qismiga rasmni joylashtirish. 
    Rubrikalar va asosiy menyuni tayyorlash. Matnni kiritish va formatlash. Oynani qismlarga 
    bo‘lish. Saytga rasm va video joylashtirish. Saytni sozlash (nastroyka), Schetchikni ishlatish. 
    Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron 
    metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” 
    metodi, Klaster. 
    Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
    Kompyuterning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta’lim tizimini ma’muriy 
    boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishgacha
    o’quv fanlarini o’rganishni tashkil qilishdan tortib o’quvchilarning individual mashg’ulotlarini 
    tashkil etishgacha bo’lgan muammolarni qamrab oladi. Kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi, 
    ularni qayta ishlovchi, turli shakl va usullarda o’quvchilarga yetkazuvchi o’ta qulay vosita 
    sifatida tan olinmoqda. Ta’lim-tarbiya ishiga kompyuterlarning tatbiq qilinishini insoniyat 
    tarixida kitobning paydo bo’lishi, uning o’rni va ahamiyatiga qiyoslash mumkin. Zero, kitobdan 
    ma’lumotlarni saqlash va tarqatish maqsadida foydalanilsa, kompyuterdan dars jarayonida 
    o’quvchilarga bilim berishda foydalaniladi. Ikkinchidan, kompyuterning ta’lim berishdagi 
    vazifasi dars jarayoni bilan chegaralanmaydi. O’quvchilar u bilan mustaqil ishlab, hatto uyda 
    ham bilim olishlari mumkin. Uchinchidan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, masofadan 
    o’qitish hozirgi kun uchun orzu bo’lmay qoldi. Bu nogiron bolalar uchun ta’lim olishning 
    yagona imkoniyati, iqtidorli, o’ta qiziquvchan talabalar uchun mustaqil ta’lim olish vositasi. 
    Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni 
    shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning 
    ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida 
    o’quvchi ta’lim sub’yektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan 
    jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; 
    kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash 
    imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan 
    o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo. Shu sababli ta’limni 
    kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bo’yicha barcha iqtisodiy rivojlangan 
    mamlakatlarda, ular bilan bir qatorda respublikamizda ham turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot 
    ishlari o’tkazilmoqda. 
    Manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ta’limda kompyuterdan foydalanish o’quv 
    predmetlarini o’qitish jarayonini kompyuterlashtirish muammolari bilan bog’liq holda 
    kompyuterning o’quvchilar aqliy taraqqiyotiga ta’siri (B.F.Lomov, K.M.Gurovich); aqliy 
    faoliyatni 
    bosqichma-bosqich 
    shakllantirish 
    nazariyasi 
    (P.Ya.Galperin, 
    N.F.Talizina); 
    dasturlashtirilgan ta’lim nazariyasi (B.P.Bespalko); inson-mashina o’zaro faoliyati nazariyasi 
    (A.CHapanis, 
    G.Pesk); 
    kompyuter 
    bilan 
    foydalanuvchi 
    muloqotini 
    tashkil 
    qilish 
    (A.M.Dovgyallo); o’quv faoliyatini loyihalash (E.I.Mashbits); dastur vositalarini yaratishga 
    qo’yiladigan ergonomik talablar (D.Meyter, N.Bondarovskaya) kabi qator muammolar tadqiq 
    qilingan bo’lib, bizning tadqiqotimiz ularning u yoki bu jihatlari bilan bog’liq. Boshqacha 


    39 
    aytganda, yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning tadqiqotlari bizning ilmiy izlanishlarimiz 
    uchun nazariy asos sanaladi. 
    E—mail bu ma‘lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. 
    Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshashdir. Haqiqatdan ham E—mail 
    orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil 
    yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni «nusxalash»
    orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni «qo‘shib» yuborishingiz mumkin 
    va hokazo.
    Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri 
    (odatda ‘st offise protocol) bilan bog‘lanib, xatni «aloqa bo‘limiga olib borasiz». Keyin
    aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u erdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni «olib 
    ketishi» mumkin.
    Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, 
    jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma‘lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir
    zumda etkaziladi. Ma‘lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta 
    uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish