30
5-MAVZU. O‘QUV AUDIO VA VIDEO MATERIALLARINI
YARATISH VA ISHLOV BERISH
REJA:
1) Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge).
2) Tovush fayl formatlarini zichlashtirish. Raqamli video. Windows OT muhitida
ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar va ulardan foydalanish. Videomontaj.
3) Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayllarni yaratish. Konvertatsiya.
Videopotokni zichlashtirish yoki kadrlar bo‘yicha zichlashtirish. Simmetrik va asimmetrik
zichlashtirish. Ssenariy asosda mutaxssislik bo‘yicha mualliflik roliklar yaratish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim”
metodi, Klaster.
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2;
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin.
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn,
rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va bilimlarni sinash uchun modul (testlar, masalalar,
javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan modullar tashqari
multimediali
o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik hujjatlar, ma’ruzalar
taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus
sayt.
Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari
mumkin: multimediali o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali
o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi
komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq tizimini tashkil etishni,
o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir birini
to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.
O’rgatuvchi dasturlarda video materiallar(roliklar, video filmlar) ishlatilgani va ularni
qayta ishlash imkonuyatlarini bo’lishini ta’minlash uchun Ulead Video Studio, Movie Maker,
Camtasia Studio, Adobe Primiera kabi dasturlardan foydalanish mumkin.
Ushbu dasturlar yordamida video materialga ovozlar qo`shish
yoki olib tashlash, filmni
montaj qilish, xajmini kichraytirish, sifatini qisman yaxshilash hamda bir formatdan boshqa
formatga (videoformatlar: AVI, DV, DVD, MPG, MP4, WMV, DAT, 3GP va hokazo) o`tkazish
kabi ishlarini bajarish mumkin.
Kompyuter dasturlarini o`rgatishga doir o’rgatuvchi dastur yaratishda ushbu dasturlarda
ishlash jarayonini to`g`ridan – to`g`ri hech qanday tasvirga tushiruvchi qurilmasiz yozib olish
mumkin. Bu ishni Camtasia Studio, Adobe Captivate dasturlari yordamida amalga oshirish
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu dasturlar yordamida
kompyuterga ulanuvchi
mikrofon qurilmasi orqali tasvirga olish bilan bir vaqtda, jarayonni sharxlab ketilishi (ovoz)ni
ham yozib olish imkoniyati mavjud. Camtasia Studio va Adobe Captivate dasturlarining yana bir
e`tiborga molik xususiyatlaridan biri bu – olingan tasvir va ovozni vektor formati(SWF)ga
o`tkazishidir.
O’rgatuvchi dasturlar uchun audio materiallarni tayyorlash, montaj qilish (qisqartirish
yoki orasiga ovoz va musiqa qo`shish), qayta ishlash(oshiqcha effektlardan tozalash, ovozni
sozlash) kabi ishlarni, audio fayl formatini (audio fayl formatlari: wma, cda, mp3, mp4, wav, asf,
rm va x.k.) bir formatdan boshqa formatga o`tkazish kabi amallarni Sony SoundForge, Fruity
Loops, GoldWave, WaveLaB kabi dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin.
Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘rgatuvchi dasturlardlan
foydalanish maqsadga
muvofiqdir. O‘rgatuvchi dasturlar talabalar mustaqil ta’lim tashkil etish komponentasi sifatida
tugallangan mavzular bloki va ilovalar birligidir. O‘rgatuvchi dasturning har bir mavzusi asosiy
tushunchalar kiritilgan nazariy ma’lumotlarga, mavzuga mos amaliy mashg‘ulotlarni bajarish
algoritmiga ega bo‘lishi lozim. Nazariy ma’lumotlardan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun
31
savollar ro‘yxati tavsiya etilishi kerak, bu talabalarni olgan bilimlarini aniqlab, qiynalgan
qismlarni qayta o‘zlashtirishga imkon beradi.
Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash
uchun nazariy bilimlarga
asoslangan amaliy topshiriqlarga ega bo‘lishi kerak, bu esa talabalarda dastur bilan ishlash
ko‘nikmasini hosil qiladi.
O‘rgatuvchi dasturlarda axborot texnologiyalarni modulli xolatlarda integrallashgan
kompleks vazifalari bo‘lishi zarur. Ularni bajarish uchun nafaqat nazariy bilimlar talab etiladi,
balki amaliy bajarish ko‘nikmasi, bir yoki bir necha fanlardan olingan bilimlar, qo‘shimcha
ma’lumotlarni mustaqil izlash va boshqa axborot texnologiyalardan foydalanishi ham kerak, bu
axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini yanada rivojlantiradi. Bundan tashqari
o‘rgatuvchi dasturda savollarga to‘g‘ri javoblar, yordamchi ma’lumotlar
va chuqurlashtirilgan
ma’lumotlar bo‘lishi kerak, bulardan talaba xoxlagan vaqtda foydalanishi mumkin.
Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web
dasturlash tillaridan hamda vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi
dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng
imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning qulayligi va unda
yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yaratadi. Delphi
muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan
foydalanish juda qulaydir.
Ushbu o’rgatuvchi dastur tuzishda Adobe Flash Pro CS5, Adobe Captivate CS5.5, Adobe
Photoshop CS5, Delphi 7 kabi programmalardan foydalanilgan.
SoundForge pro 10.0
dasturi