26
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik shakllarning xossalarini o’rganish
tashkil qiladi. Ma'lumki, no’qta tekislikka 2 ta koordinata (x,u) bilan, to’g’ri chiziq uning
kanonik ko’rinishi uqkxQv ( bunda a va v ixtiyoriy sonlar) ko’rinishida, kesma esa mos ravishda
boshlang’ich va oxirgi no’qtasini bilish bilan tasvirlanadi.
Egri chiziqlar ham mos ravishda o’z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan ilmostratsiyalar yaratish uchun yunaltirilgan. Vektorli grafika
reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashrlarda va boshqa joylarda keng qo’llaniladi.
Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlar misoli sifatida Adobe Illustratr 7.0 Macromedia
Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.
Macromedia Freehand 8.0 vektorli muharriri- buj uda qulay bo’lgan
vektorli muharrir,
boshqa tizimlar bilan Yangi urganuvchilarga juda qulay hisoblanadi. Boshqarish tizimining
soddagina qaramay Macromedia Freehand instrumental vositasi murakkab hujjatlarni
tayyorlash uchun yetarli, lekin Adobe Illustratr Corel Draw Larga nisbatan imkoniyatlari
chegaralangan.
Corel Draw vektorli grafikaning Windows amaliyot tizimida ishlaydigan tahrirlovchi
dasturlardir. Uning yordamida turli grafik ko’rinishlarini loyihalash,
fotomatn yordamida turli
grafik ko’rinishdagi kompozitsiyalarni tahrirlash bilan bog’liq amallarni bajarish mumkin.
Corel
Draw muharirini ishga tushirish uchun Corel Draw ning belgisiga borib sichqonchani yoki
Enter tugmasini bosish kerak. Corel Draw boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan
yaxshi ishlaydi, ya'ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqacha kitoblarni har
xil turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Siz o’zingizning pasportdagi rasmingizni
skanerdan utkazib va Corel Draw yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz
mumkin. O’z- o’zidan ma'lumki bunday professional murakkab grafik muharrirlarda, ya'ni Corel
Draw ning boy asboblari va ranglaridan foydalanib biz o’zimiz rasm chizishimiz mumkin. Corel
Draw muharririda fayllarning kengaytmasi file . cdr ko’rinishida bo’ladi.
Fayllarni import va
eksport qilish eng yaxshi qulayliklaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kompakt diskdan fayllarni
import qilishda Ko’p qo’llaniladi.
Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uni vektor grafikadan farqi hech qanday
ob'yektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularni
sistemalari hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada bunday tenglamalarnigina saqlanadi.
Tenglamalarga oid parametrlar (koyeffitsiyentlar) o’zgartirib tasvirlar hosil qilinadi. Frontal
grpafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi.
Shuning uchun ham uning asosini rassom, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli
tanlangan. Bu grafika odatda turli
jarayonlarni modellashtirish, taxlil qilish, turli qiziqtiruvchi
dasturlar yaratishda ko’proq qo’llaniladi.
Elektron resurslarni yaratishda grafik ob’ektlarga ishlov berish vositalaridan biri
Infografika elementlaridir. Infografika tushunchasi bu axborotlarni turli rasmlar, detallar,
kartinkalar orqali ifodalash tushuniladi.
Infografika lotincha
informatio
so’zidan olingan bo’lib
tushuntirmoq, bayon qilish
ma’nolarini anglatadi, grekcha
γραφικός γράφω
so’zlaridan olingan bo’lib tushuntirmoq, ozma,
yozish ma’nolarini anglatadi.
Infografika – axborotni grafik uzatish va murakkab axborotlarni aniq va tez etkazish
usulidir. Axborot dizayn ko’rinishlaridan biridir.
Infografikani qo’llanish sohasi juda keng bo’lib, geografiya, jurnalistika, ta’lim,
statistika, texnik tizimlarda qo’llaniladi. Infografika katta hajmli axborotlarni ko’rsatishni tashkil
qilish bila birga, ularni, predmetlar va faktlar orasidagi munosabatlarni ko’rgazmal ko’rsatadi.
Ma’lumotlarn fazoda vaqt bo’ycha o’zgarishlarini ko’rsatish, demonstatsiya qilishi mumkin.
Til o‘qitishda infografika vositalaridan foydalanishni tashkil qilish uni yanada tushunarli
va ko’rgazmali qilishi imkonini beradi.
«Adobe PhotoShop»
rasm tahrirlagichi
«Adobe PhotoShop» Windows muhitida ishlovchi Macintosh IBM PC kompyuterlari
uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi foto tasvirlarni tahrirlovchi dasturdir. «Adobe
27
PhotoShop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib,
ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur
2
.
«Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi yordamida fotoso’ratlarga qo’shimchalar
kiritish, fotoso’ratdagi doglarni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash,
rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus samaralar Bilan boyitish, bir fotoso’ratdagi
elementlarni ikkinchi fotoso’ratga olib o’tish, so’ratdagi ranglarni o’zgartirish,
almashtirish
mumkin. «Adobe PhotoShop» imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni
turli-tuman rasmlar Bilan boyitishga juda katta qulayliklar yaratadi. «Adobe PhotoShop»
ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini tula amalga oshirishlarida
yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan
shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni
yaratib beradi.
«Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar
uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar holos.
Adobe PhotoShop dasturini ish jarayoniga tayyorlash
«Adobe PhotoShop» dasturi qo’yidagi tartibda ishga tushiriladi: « Adobe PhotoShop»
ni yo’qlash va undan chiqish.
1. «Adobe PhotoShop» dasturini ishga tushirish uchun sichqoncha
PhotoShop belgisida
ikki marta bosiladi.
2. Ekrandagi mavjud «Adobe PhotoShop» uchun maxsus belgida sichqonchaning chap
tugmasi ikki marta bosiladi.