23
4-MAVZU. O‘QUV ANIMATSION LAVHA (ROLIK) LARNI
TAYYORLASHNING ZAMONAVIY VOSITALARI
REJA:
1) Ikki o‘lchamli kompyuter grafika va animasiyasi tushunchasi.
2) Adobe Photoshop CS
dasturning asosiy ish sohalari, uskunalar paneli sohasi va
tushunchalari.
3) CrazyTalk Animator dasturida animasion roliklar yaratish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim”
metodi, Klaster.
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga
asoslangan yangi pedagogik texnologiya kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari
deganda, grafik, multimediya, bir tildan ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘girish,
Internet, Web texnologiya, Elektron virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdimot
etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlash kompyuterdan foydalanishda eng ommabop
yo‘nalishlardan bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda bu yo‘nalish bilan professional rassomlar va
dizaynerlardan tashqari boshqa soha xodimlari ham shug‘ullanmoqdalar.
Biron bir zamonaviy multimedia dasturi yo‘qki, kompyuter grafikasini ishlatmaydigan.
Grafik dasturiy vositalaridan keng foydalanish zarurati birinchi bo‘lib
Internetning rivojlanishi
bilan bog‘liq bo‘ldi va unda birinchi navbatda Web sahifalarni tayyorlashda ishlatildi
1
.
Zamonaviy kompyuterlarda matn va jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlardan tashqari grafik
ko‘rinishdagi ma’lumotlarni ham qayta ishlash mumkin. Ayrim masalalarning natijalarini
kompyuterda grafik ko‘rinishda tasvirlash masala mohiyatini yanada yaqqolroq tasavvur
qilishga va xulosa chiqarishga yordam beradi. Grafik axborotlar rasm, shakl va chizmalarda aks
etadi. Kompyuterlarda bunday axborotlarni qayta ishlovci maxsus grafik muharirlari mavjud. Bu
grafik muharirlari Picture Maker, Paint, ColerDraw, Fhotoshop, Power Pointlar bo‘lib, ular
ichida eng oddiyi va ko‘p ishlatiladigani Paint grafik muharriridir.
Grafik ma’lumotlarni
taqdimot etish, ayni paytda MS Power Point – universal,
imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlarida amalga oshiriladi. MS
Power Point dasturi matnlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar,
animatsiya effektlari, ovoz,
videoro‘lik va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan slaydlar yaratish imkoniyatini
beradi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining eng rivojlanib borayotgan sohalaridan biri -
bu kompyuter grafikasi vositalaridir. Hozirgi kunda ular ishlatilmaydigan tarmoq bo‘lmasa
kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat iqtisodiyot masalalarini hal qilishda, balki xalq xo‘jaligining
boshqa sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, hozirgi kunda jahondagi ko‘pgina yirik
reklama agentliklari hech bir mahsulotni ularsiz ishlab chiqarmaydi.
Kompyuter grafikasi turli xil masalalarda qo‘llanishi bo‘yicha quyidagicha sinflanadi:
-tijoratlik;
-illyustrativlik;
-namoyish etishlik;
-animatsionlik;
-muhandislik;
-ilmiylik.
Kompyuter grafikasi sinflari ichida marketing faoliyatida ko‘proq ikkitasi qo‘llanilada:
1
David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered
trademark of Cambridge International Ehaminations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An
Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
24
-tijoratlik
kompyuter grafikasi;
-animatsion kompyuter grafikasi.
Kompyuter grafikalari vositalari asosida ishlab chiqarilgan reklamalarning afzalliklari
quyidagilardan iboratdir:
-tasvirlarni tabiiy holiday ishlab chiqarish;
-tovarlarning ichki tuzilishini tasvirlar orqali ko‘rsatish;
-telekommunikatsion kompyuter tarmoqlari orqali chet el davlatlariga uzatish;
-tasvirlarning judayam sifatliligi va har xil rang turlarining ishlatilishi.
Animatsion kompyuter grafikasi – zamonaviy kompyuter va dasturlar asosida jahon
andozalariga javob beradigan reklamalarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, kompyuterlashgan reklamalarning
bir daqiqasi rivojlangan
mamlakatlarda 3000 dan 50000 AQSH dollarigacha turadi. Yani, bunday reklamalarni ishlab
chiqarish nihoyatda murakkabdir. Bu soha katta mablag‘ talab qilishiga qaramasdan tez vaqt
ichida foyda berishni boshlaydi. Hozir bu vositalarni reklama ishlab chiqarishda qo‘llash bizning
mamlakatimizda ham ancha rivojlanib bormoqda. Marketing faoliyatinig bu sohasida hozirgi
kunda quyidagi kompyuter dasturlari keng qo‘llanilmoqda:
- 3D-STUDIO;
- Animator Pro for Windows;
-
Corel Draw;
- Auto CAD va boshqalar.
Bu kompyuter grafik vositalari hozirgi kunda marketing, muhandislik grafikasi va
reklama agentliklari sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni hosil
qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga
oid Yangi loyihalarni
yaratish ko’zda to’tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.