(Savol: Kompyuterni o’chirishda




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/104
Sana18.01.2024
Hajmi8,58 Mb.
#140139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Bog'liq
UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

(Savol: Kompyuterni o’chirishda 
nimalarga e'tibor berish kerak?) 
Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. 
Mikroprotsessorlar Intel - 8088, 8086, 80286, 80386 SX yoki DX, 80486 SX yoki DX, 
Pentium I, Pentium II, Pentium III, Pentium IV, Celeron, AMD, Cyrix kabi turlari mavjud. 
Dastlabki kompyuterlar Intel – 8088 asosida qurilgan bo’lib ularning ishlash tezligi juda sekin 
edi. Intel - 80286, 80386, 80486, PI, PII, PIII mikroprotsessorlari ham keyingi turlarga 
nisbatan tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti. Hozirgi kunda (2004 yil) 
Intel Pentium IV mikroprotsessorlarning 3800 MGts chastotali turlari sotuvga chiqqan. 
1991 yildan boshlab IBM, MOTOROLA, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda 
Power PC mikroprotsessorini ishlab chisishga kirishda va bu borada muvaffasiyatga erishdi. 


14 
Shunday bo’lsada, Pentium narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o’ziga 
ko’pros jalb qilmoqda. Pentium mikroprotsessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar uchun 
foydalangan maqsadga muvofis. Oddiy ishlar uchun esa mikroprotsessorlarning dastlabki 
turlaridan foydalanish mumkin. 
Kompyuterlarni ishlatish uchun ularga tushunarli bo’lgan tilda bajarilishi lozim bo’lgan 
ishlar haqida aniq va batafsil ko’rsatmalar ketma-ketligini tuzish kerak. Bunday ko’rsatmalar 
ketma-ketligi dastur (programma) deyiladi. O’zicha kompyuter hech qanday ishni bajara 
olmaydi, u faqat berilgan dastur bo’yicha tegishli ishni bajarishi mumkin. 
Kompyuterda ishlaydigan dasturlarni 3 xil kategoriyaga bo’lish mumkin: 
1) Amaliy dasturlar; bu dasturlar foydalanuvchiga kerak bo’lgan ishlarning bajarilishini 
bevosita ta'minlaydi (funksiya qiymatlarini hisoblash, har xil massivlarni qayta ishlash, rasm 
chizish, matnlarni muharrirlash va hokazo). 
2) Tizimli yoki tizimli dasturlar; bu dasturlar har xil yordamchi vazifalarni bajaradi 
(kompyuter haqida ma'lumot chiqarib berish, axborotdan nusxa ko’chirish va hokazo). 
3) Instrumental tizimlar yoki tizimlar (dasturlashtirish tizimlari); bu tizimlar kompyuter
uchun yangi dasturlar tuzilishini ta'minlaydi. 
Komp'yuterning hamma resurslari, yani dasturlar guruhi (qurilmalar, fayllar, ishchi 
dasturlar) va xamda foydalanuvchining komp'yuter bilan ishlashini qulay interfeysda tashkil 
qiluvchi dasturga operatsion tizim deb ataladi. 
Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan kop'yuter dasturlari kurinishi quyidagicha: 
* paketlarni qayta ishlash dasturlar (dasturiy paketlar) 
* dialog dasturlar 
Paketlarni qayta ishlash dasturlariga birinchidan boshlangich ma'lumot kerak bo’ladi, 
undan keyin foydalanuvchi ishtirokisiz qayta ishlash boshlanadi. 
Dialog dasturlar teskarisi, hech qanday boshlangich ma'lumotlarsiz ishga tushiriladi. 
Dasturning ishlashi davomida foydalanuvchi dialoglar yordamida boshlangich ma'lumotlarni 
kiritadi. Undan tashkari, foydalanuvchi dasturga kirishni dinamik boshqarishi mumkin. (Qayta 
ishlash jarayonida). Natija xam ketma-ket ravishda qadamma-qadam qayta ishlanadi. 
Foydalanuvchi dasturga kiritgan ta'sirlari natijasi darxol ko’rishi mumkin. 
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin. 
Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn, 
rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va bilimlarni sinash uchun modul (testlar, masalalar, 
javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan modullar tashqari multimediali 
o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik xujjatlar, ma’ruzalar 
taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus 
sayt.
Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari 
mumkin: multimediali o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali 
o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi 
komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq tizimini tashkil etishni, 
o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir birini 
to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. 
O’rgatuvchi dasturlarda video materiallar(roliklar, video filmlar) ishlatilgani va ularni 
qayta ishlash imkonuyatlarini bo’lishini ta’minlash uchun Ulead Video Studio, Movie Maker, 
Camtasia Studio, Adobe Primiera kabi dasturlardan foydalanish mumkin.
Ushbu dasturlar yordamida video materialga ovozlar qo`shish yoki olib tashlash, filmni 
montaj qilish, xajmini kichraytirish, sifatini qisman yaxshilash hamda bir formatdan boshqa 
formatga(videoformatlar: AVI, DV, DVD, MPG,MP4,WMV, DAT, 3GP va x) o`tkazish kabi 
ishlarini bajarish mumkin. 
Kompyuter dasturlarini o`rgatishga doir o’rgatuvchi dastur yaratishda ushbu dasturlarda 
ishlash jarayonini to`g`ridan – to`g`ri hech qanday tasvirga tushiruvchi qurilmasiz yozib olish 
mumkin. Bu ishni Camtasia Studio, Adobe Captivate dasturlari yordamida amalga oshirish 


15 
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu dasturlar yordamida kompyuterga ulanuvchi 
mikrofon qurilmasi orqali tasvirga olish bilan bir vaqtda, jarayonni sharxlab ketilishi (ovoz)ni 
ham yozib olish imkoniyati mavjud. Camtasia Studio va Adobe Captivate dasturlarining yana bir 
e`tiborga molik xususiyatlaridan biri bu – olingan tasvir va ovozni vektor formati(SWF)ga 
o`tkazishidir. 
O’rgatuvchi dasturlar uchun audio materiallarni tayyorlash, montaj qilish (qisqartirish 
yoki orasiga ovoz va musiqa qo`shish), qayta ishlash(oshiqcha effektlardan tozalash, ovozni 
sozlash) kabi ishlarni, audio fayl formatini (audio fayl formatlari: wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, 
rm va x.k.) bir formatdan boshqa formatga o`tkazish kabi amallarni Sony SoundForge, Fruity 
Loops, GoldWave, WaveLaB kabi dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘rgatuvchi dasturlardlan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. O‘rgatuvchi dasturlar talabalar mustaqil ta’lim tashkil etish komponentasi sifatida 
tugallangan mavzular bloki va ilovalar birligidir. O‘rgatuvchi dasturning har bir mavzusi asosiy 
tushunchalar kiritilgan nazariy ma’lumotlarga, mavzuga mos amaliy mashg‘ulotlarni bajarish 
algoritmiga ega bo‘lishi lozim. Nazariy ma’lumotlardan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun 
savollar ro‘yxati tavsiya etilishi kerak, bu talabalarni olgan bilimlarini aniqlab, qiynalgan 
qismlarni qayta o‘zlashtirishga imkon beradi.
Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun nazariy bilimlarga 
asoslangan amaliy topshiriqlarga ega bo‘lishi kerak, bu esa talabalarda dastur bilan ishlash 
ko‘nikmasini hosil qiladi.
O‘rgatuvchi dasturlarda axborot texnologiyalarni modulli xolatlarda integrallashgan 
kompleks vazifalari bo‘lishi zarur. Ularni bajarish uchun nafaqat nazariy bilimlar talab etiladi, 
balki amaliy bajarish ko‘nikmasi, bir yoki bir necha fanlardan olingan bilimlar, qo‘shimcha 
ma’lumotlarni mustaqil izlash va boshqa axborot texnologiyalardan foydalanishi ham kerak, bu 
axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini yanada rivojlantiradi. Bundan tashqari 
o‘rgatuvchi dasturda savollarga to‘g‘ri javoblar, yordamchi ma’lumotlar va chuqurlashtirilgan 
ma’lumotlar bo‘lishi kerak, bulardan talaba xoxlagan vaqtda foydalanishi mumkin. 
Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web 
dasturlash tillaridan hamda vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi 
dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng 
imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning qulayligi va unda 
yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yaratadi. Delphi 
muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan 
foydalanish juda qulaydir. Ushbu o’rgatuvchi dastur tuzishda Adobe Flash Pro CS5, Adobe 
Captivate CS5.5, Adobe Photoshop CS5, Delphi 7 kabi programmalardan foydalanilgan. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish