|
(Savol: Yuqorida keltirilgan qurilmalarning qaysi biri bilan tanishsiz?)Bog'liq UMK-AT-Nasirova-Sh.N.(Savol: Yuqorida keltirilgan qurilmalarning qaysi biri bilan tanishsiz?)
Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o’rnatiladi.
Qo’shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o’chirish zarur, aks holda kompyuter
ishdan chiqishi mumkin. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud.
Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy
kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoslarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli
bo’lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini
ta'minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas holda ushlab turadi hamda elektr
manbai o’chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu
vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan kerakli
ma'lumotlarni diskka yozib quyish yoki programmalar ishini to’gatish uchun va hokazo.
Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagicha:
Stalibizator yoqiladi., Printer kerak bo’lsa, u yoqiladi. Protsessor yoqiladi, monitor
yoqiladi., Shundan keyin ekranda tekshiruvchi maxsus programma, hamda operatsion tizimni
ishga tushiruvchi programmalar haqida ma'lumotlar chiqadi., Operatsion tizim ishga tushgach u
komandalar berishni taklif qiladi.
Kompyuterdan to’liq foydalanish tug’ri o’chirishga ham bog’liq.
Buning uchun quyidagilar bajariladi.
Ishlayotgan programmalar tugatiladi., Monitor o’chiriladi., Protsessor o’chiriladi.,
Printer yoqilgan bo’lsa o’chiriladi., Stalibizator o’chiriladi.
Mikroprotsessor programmalarning ishlashini ta'minlaydi va kompyuter boshqa
qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta'minlaydi.
IBM PC kompyuterlarida odatda Intel, AMD, Cyrix, Celeron firmasi va unga muvofis
boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi.
|
| |