11
Informatsion texnologiyalar jamiyat informatsion resurslaridan oqilona foydalanishning
eng muhim usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaktga qadar u bir necha evolyutsion boskichlarni
bosib utdi. Bu boskichlarning alma shinuvi aksari ilmiy texnikaviy progressning rivojlanishi,
ma'-lumotlarni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo’lishi bilan belgilanadi.
Rivojlangan jamiyatda axborotni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy
kompyuterlar ishtirok etadi. Bu ma'-lumotlarni yigish, qayta ishlash jarayoniga, foydalanish
usullariga sezi-larli ta'sir kursatadi. Informatsion doiraga shaxsiy kompyuterlarni jo-riy kilinishi,
telekommunikatsion aloka vositalarning kullanishi infor-matsion texnologiyani rivojlanishida
yangi boskichni belgilab berdi. Nati-jada «yangi», «kompyuterli», yoki «zamonaviy» kabi
sinonimlar hosil bo’ldi.
«Yangi» sifati bu texnologiyaning evolyutsion emas, novatorlik harakterini ifodalaydi.
Uning tadbik etilishi shuning uchun ham yangilikni yaratdi. Bu muassasa va korxonalar faoliyati
mazmunini sezilarli o’zgartirdi. Yangi informatsion texnologiya tushunchasiga kommunikatsion
texnologiya ham kushiladi, chunki bu texnologiya ma'lumotlarni turli radio, telefon, kosmik
aloka kanallari yordamida uzatilishini ta'minlaydi.
Informatsion texnologiyani rivojlanishi tugrisida bir necha nuktai nazar mavjud.Ularning
har biri uchun asosiy mezonlar: shaxsiy kompyuterning paydo bo’lishi va ma'lumotlarning
tarmoklangan qayta ishlash uslubini kashf etilishi. Bu esa informatsion texnologiya tarakkiyotida
yangi boskich boshlanganini anglatadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Pedagogik jarayonda axborot-kommunikatsiya foydalanishni misollar bilan keltiring.
Interaktiv texnologiyalarga nimalar kiradi?
2. Informatsion tizim nima va uning omillari nimalardan iborat?
3. Informatsion texnologiya vositalariga nimalar kiradi?
4. Yangi informatsion texnologiya deganda nimani tushunasiz va uning qo’llanish
sohalarini ayting.
5. Informatsion texnologiya vositalarini qaysi sohalarda qo’llanishini ayta olasiz?