13
Ichki qurilmalar bilan ma'lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy
portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, "sichkoncha" ulanishi mumkin.
Umumiy portlar 3 xil bo’ladi: universal seriyno`y USB1 – USB6 bilan belgilanadi,
parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1 - COM3 bilan belgilanadi.
Universal portlar kirish chikishni parallel va ketma-ket portlarga nisbatan tez bajaradi.
Kiritish qurimasi – komp'yuterga yangi ma'lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladi.
(Klaviatura, sichqon, skaner)
Chiqarish qurilmasi – komp'yuterda joylashgan ma'lumotni foydalanuvchiga yetkazish
uchun xizmat qiladi. (Printer, Monitor).
Shaxsiy kompyuterning so’shimcha qurilmalari. Kompyuter imkoniyatlarini oshirish
maqsadida unga turli qo’shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu kompyuter, "sichkoncha",
model, skaner va hokazolardir. Bunda: Printer - ma'lumotni qog’ozga chiqaradi. "Sichqoncha" -
ma'lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator.
Modem - telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma'lumot almashish
imkoniyatini beradi. Skaner – qog’ozdagi ma'lumotni kompyuterga tasviriy ravishda kiritadi.