• TASVIR FORMATLARI «Adobe PhotoShop» dasturi 20dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng Ko’p qo’llaniladigan formatlar: BMP
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

     
    ASBOBLAR PANELI 
    «Adobe PhotoShop» dasturi darchasida turli asboblar joylashgan. Bu panel turli 
    tugmalardan iborat bo’lib, har bir tugmacha «Adobe PhotoShop» dasturining biror buyrug’ini
    anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bo’lmasa tavsiyanoma satrining Oqno punktida
    Vkl panel buyrug’ini tanlang.
    «Adobe PhotoShop» dasturida jami 46-ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20tasi
    bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini
    qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida
    joylashgan tugmachaning ostki qism o’ng burchagida kichiq uchburchak shakli
    tasvirlangan bo’lsada, bu tasvir Ushbu tugmacha tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi
    asboblar yashiringanligidan darak beradi.
    Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugmacha ustidan
    sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi
    va kerakli tugmacha ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap tugmasini qo’yib
    yuboriladi. 
    TASVIR FORMATLARI 
    «Adobe PhotoShop» dasturi 20dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. 
    Eng Ko’p qo’llaniladigan formatlar: 
    BMP
    (Windows Bitmap – Bitovaya karta Windows ) Windows muhitida ishlovchi 
    kompyuterlarda ekran osti tasvirlarni kullovchi dastur Microsoft Paint da keng qo’llaniladi. 
    JPEG
    (Joint Phonographic Experts Group) Hozirgi kunda eng Ko’p qo’llaniladigan
    formatlardan biri bo’lib, uning asosiy afzalliklardan biri maxsus dastur yordamida yetarlicha 
    sikish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib xajmini kichraytirish jarayonida tasvir 
    sifatida o’zgarish sodir bo’ladi. Fayl kuchli sqqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. 
    Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida Ko’p joy egallamaydi va xajm jihatidan
    jihatdan kichiqligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson. 
    TIFF
    (Tagged Image File Format) bu formatdagi fayllar ham keng qo’llaniladi. Lekin 
    TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida Ko’p joyni egallaydi. «Adobe PhotoShop» 
    dasturida Ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda 
    kamayishi mumkin.
    GIF
    ( Graphics Interchege Format – grafik almashish formati ) Ushbu formatdagi 
    tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar asosan Internet tizimida 
    keng qo’llaniladi. 
    Yaratilayotgan mahsulotni har xil animatsiyalar bilan boyitish, o‘quvchi uchun 
    qulayliklar yaratish va qiziqarli qilish FLASH dasturida ko‘zda tutilgan va ayni vaqtda asosiy 
    maqsadga muvofiqdir. Lekin ta’kidlab o‘tish joyzki, mahsulotni FLASH ni yoki boshqa dastur 
    orqalimi, yaratayotgan shaxs, bu borada yetarli bilimga va fantaziyaga ega bo‘lishi joizdir
    3

    Macromedia Flash dasturi yordamida ham animatsiya va taqdimot fayllarni yaratishimiz 
    mumkin. Ammo Power Pointga qaraganda Macromedia Flash dasturda yaratilgan animatsiya 
    3
    David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered 
    trademark of Cambridge International Ehaminations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An 
    Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p. 


    29 
    fayllari to’liq siz tomoningizdan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda bu 
    dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud. Asosan Macromedia 
    Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), Internet saxifalar, elektron kullanmalar va 
    Macromedia Flash dasturda yaratilgan fayllar uzining original, ishlash soddaligi, yaratilish 
    murakkabligi, tezkorligi, multimediya jihozlanganligi va hajm buyicha kichikligi bilan ko’zga 
    tashlanishadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish